“Straus House” ta’sischisi tuyaqush o‘rniga Malibu sotib olgan

© Sof.uzIbroxim Isroilov
Ibroxim Isroilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Straus House” ta’sischisi mijozlaridan jamlangan pullarning uchdan bir qismini o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. “Straus House” ta’sischisi Ibrohim Isroilov mijozlaridan jamlangan mablag‘larning uchdan bir qismini o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Kun.uz. 

IIV Tergov departamentidan olingan xabarga ko‘ra, 2018-yilning dekabr oyidan 2019-yilning avgust oyiga qadar “Straus House” MChJ hisob raqamiga mijozlardan jami 15 mlrd. so‘mga kelib tushgan.

Ibroxim Isroilov - Sputnik O‘zbekiston
“Straus House” ta’sischisi tuyaqush o‘rniga Malibu sotib olgan

“Ushbu mablag‘dan 4,5 mlrd. so‘mi jamiyat ta’sischi I.Isroilovning shaxsiy plastik kartochkasiga qarz sifatida o‘tkazilib, bu mablag‘larning bir qismini muqaddam sodir etgan firibgarlik jinoyati bo‘yicha moddiy zararni qoplashga, o‘zi uchun 1 dona “Malibu 2» va 2 dona «Lasetti” rusumdagi avtomashinalar sotib olishga, Turkiya, BAA, Eron, Tailand, Malayziya, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina davlatlariga borib dam olish va o‘zining boshqa ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan”, - deyilgan xabarda.

Undan tashqari, Ibrohim Isroilov oldin OAVda xabar qilgan, karantin zonasida saqlanayotgan 5 ming dona tuyaqush jo‘jalari yo‘qligi va mavjud 500ga yaqin jo‘jalar O‘zbekistonda tuyaqush yetishtiruvchi korxonalardan olingani ma’lum bo‘lgan.

Ayni damda Tergov organlari “Straus House” MChJ ta’sischisi mulkini musodara qilib jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni qoplash choralarini ko‘rmoqda.

Bir necha kun oldin “Straus House” MChJ ta’sischisi Ibrohim Isroilov katta miqdorda firibgarlikda ayblanib hibsga olingani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0