07:02 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Deti iz Uzbekistana vo vremya smenы Instituta Pushkina Russkiy yazыk v Arteke

“Qahramonlarimiz” tanlovi: oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilari Qrimga yoʻl oladi

Press-slujba lagerya "Artek"
Jamiyat
Havola olish
224 0 0

“Artek” Xalqaro bolalar markazida boʻlib oʻtadigan tanlovda Toshkent, Buxoro, Nukus, Andijon va Toshkent viloyatidan katta sinf oʻquvchilari ishtirok etadi.

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik, Lev Rыjkov. Sobiq ittifoq hududi boʻylab oʻtkazilayotgan “Qahramonlarimiz” Xalqaro tanlov tashkiliy qoʻmitasi finalga chiqqanlarning yakuniy roʻyxatini aniqlab oldi. Ushbu musobaqa tashkilotchilari qatorida Rossotrudnichestvo va “Sdelayem vmeste!” harakati boʻlib, unda 11 mamlakatdan 13 ming nafar maktab oʻquvchisi ishtirok etdi. Finalga 34 ta ijodiy ish tanlovdan oʻtdi. Ularning yettitasi oʻzbekistonlik 7-10-sinf oʻquvchilarining mahsuli boʻlib chiqdi. Bu guruh joriy yil 16 oktyabrdan 7 noyabrga qadar Qrimga - “Artek” oromgohiga yoʻl oladi.

Mehnat qahramoni

Nodiraposhsho Abdulhusaynova oʻz ishida Salima Mashrabboyeva – paranjasini yechgan ilk oʻzbekistonlik ayol toʻgʻrisida hikoya qiladi. Aytilishcha, Salimani faqatgina bu harakati mashhur qilgani yoʻq.

“Ikkinchi Jahon urushi davrida Salima Mashrabboyeva mehnat fronti qatnashchisi boʻlgan, - deydi Nodiraposhsho. – Garchi, bu yerda - front ortida grantalar portlamas, yerga oʻq yegan askarlar qulamasa-da, bu joy boshqacha front edi. Munosib yashashda davom etish kerak boʻlgan, va huddi shunday munosib ravishda jonini saqlab qolish kerak boʻlgan front edi bu”.

Urushdan keyin Salima Mashrabboyeva koʻp yil mebel fabrikasida ishlagan. Buxorolik oʻquvchi qizning aytishicha, mehnat qahramoni nihoyatda munosib, oʻrnak boʻla oladigan hayot kechirdi – yoshlarni tarbiyalar va atrofdagilarga hamisha yordam berar edi. U oʻz oilasini qoʻrigan, vatan ravnaqi  uchun xizmat qilgan qahramon edi, deyiladi inshoda.

Oddiy askardan general-mayorgacha

“Temirdek mustahkam general” Sobir Rahimov yana bir oʻzbekistonlik ishtirokchi Diana Baxtiyeva uchun afsonaviy qahramon boʻldi. S.Rahimov oʻz harbiy faoliyatini 1922 yilda oddiy armiya askari sifatida boshlaydi. Bosmachilar bilan janglarda kavaleriyaga qoʻmondonlik qilgan, bir necha bor jarohatlangandi. Jasorati uchun Qizil nishon bilan taqdirlangan ham edi. 1941 yilda frontga mayor unvonida ketgan Sobir Rahimov 1943 yil general-mayor boʻldi.

“Faoliyatdagi ushbu nisbatan tez surʼatlarda oʻsish ofitserning shaxsiy sifatlari bilan ham ifodalanadi, – deb yozadi Diana. – Mening sevimli qahramonim, hech shubhasiz, dovyurak va masʼuliyatni boʻyniga olishdan qoʻrqmaydigan, rahmli va adolatli, boshqalarni tushunadigan inson boʻlishi kerak”.

“Temirdek mustahkam general” 1945 yil 26 mart kuni Dantsig (hozirgi Polshaning Gdansk shahri) yaqinida halok boʻlgan. Sobir Rahimovning oʻlimidan 20 yil oʻtgach, 1965 yil 6 mayda unga Sovet ittifoqi Qahramoni unvoni beriladi.

“Kim oʻzar”

15 yashar Mubina Gʻulomova oʻz qahramoni sifatida 1959-1983 yillarda Oʻzbekiston SSR rahbari Sharof Rashidovni tanladi.

“Rashidov davrida 1966 yilda Oʻzbekiston poytaxti – Toshkent qayta taʼmirlanadi, - hikoya qiladi oʻz inshosida Mubina. – Oʻzbekistondagi ilmiy-tadqiqot institutlari soni 64 tadan 100 gacha oshgandi. V.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi dunyoning eng yirik aviatsion korxonalari beshtaligiga kirdi. Uning davrida yangi muzeylar, parklar, teatrlar qurilgan edi”.

Jalaquduq tumani maktabi oʻquvchisi fikricha, Sharof Rashidov unga tabiatan xos boʻlgan kuchli yetakchilik xususiyatlarini qoʻllay olgani va oqil diplomat sifatida Oʻzbekiston taraqqiyotiga hissa qoʻshgani bilan qahramon oʻrnini egallashga haqlidir.

Oʻrta Osiyolik Tretyakov

I.Yusupov nomidagi Davlat maxsuslashtirilgan maktab-internat tarbiyalanuvchisi, nukuslik Ayjamal Kenjebayeva Oʻzbekiston qahramonlari qatorida Kiyevda tugʻilib, Moskvada vafot etgan Igor Savitskiyni koʻrsatishni lozim deb topdi. Ushbu rassom, restavrator, etnograf va sanʼatshunosning Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston oldidagi xizmatlarining ahamiyatini kamaytirmasdan, munosib tan olish kerak, albatta.

“1950 yilda Igor Savitskiy Qoraqalpogʻistonga Sobiq ittifoq Fanlar akademiyasining Xorazm arxeolog va etnograflar ekspeditsiyasi tarkibida ishlash uchun tashrif buyurgandi. U bu yerda xalq-amaliy sanʼati buyumlarini maxsus kollektsiyaga toʻplash masalasini oʻrgangan edi. – deb yozadi Ayjamal Kenjebayeva. – Igor Savitskiyni bu olib borgan faoliyati shu qadar taʼsirlantirib, oʻziga mahliyo qiladiki, u quyi Amudaryoda, choʻllar ichida yashayotgan, kamchilikni tashkil etgan xalq – qoraqalpoqlarning shu paytgacha kam oʻrganilgan sanʼati bilan jiddiy ravishda qiziqa boshlaydi”.

Ekspozitsiyasi Tretyakov galereyasi bilan solishtiriladigan noyob Sanʼat muzeyi asoschisi, ushbu begʻaraz zahmatkashni, maktab oʻquvchisi, shubhasiz, Oʻzbekiston qahramonlari panteoniga kirishga mansub, deb ifodalaydi.

Chaqaloq xaloskori

Oʻn besh yoshli toshkentlik Yuliya Kostetskaya oʻz qahramoni sifatida Kamoljon Turgʻunovni – Pavlov uyining afsonaviy mudofaachisini koʻrsatadi. Pavlov uyi Stalingrad markazida joylashgan u qadar katta boʻlmagan, 4-qavatli umumiy turar joyi boʻlib, uning ishgʻolini nemislar ham uddalay olmagan edi. Oʻttiz nafar sovet jangchilari 58 kun davomida uni saqlab turdilar. Lekin, hayratlanarlisi faqat bu emas.

“Sukunat qoʻngan zamon, Kamoljon uy yertoʻlasidan kelayotgan ayol tovushlarini eshitadi, - deb yozadi Yuliya. – Yertoʻlada 15 ta ayol borligi aniqlanadi, ularning birini qoʻlida esa yangi tugʻilgan chaqaloq bor edi. Qutqarilganlarni evakuatsiya qilish imkoni boʻlmadi. Ular ham 58 kun davomida qamalda qoladi. Harbiylar yangi tugʻilgan chaqaloqning onasi bilan oʻzlaridagi oxirgi qoqi noniniyu suvini baham topgandi. Aynan Kamoljon yosh onaga suti qochmasin deya, ovqat olib kelardi. Lekin, onaning suti vaqti kelib baribir yoʻqoladi va bunda Kamoljon goʻdak-qizchani un va suv qorishtirmasi bilan boqib saqlab qolishga yordam beradi. Keyinchalik esa ona-bolani Volga daryosining xavfsiz qirgʻogʻiga koʻchirib oʻtishda ham koʻmaklashgan edi”.

Pavlov uyida dunyoga kelgan qizcha, koʻp yillar oʻtgach, choʻqingan ota-onalari bilan, shu jumladan Kamoljon Tursunov bilan uchrashadi. Stalingradning oʻzbek himoyachisi 93 yoshgacha umr koʻradi.

Kengyurak otaxon

Olmazor qishlogʻidan boʻlgan Sevara Mamatqulova oʻz qahramoni deya Shoahmad Shomahmudovni ataydi.

“Shomahmudovlar oilasi Toshkentga evakuatsiya qilingan 15 yetim bolani asrab olgan edi, - deb  yozadi Sevara Mamatqulova. – Birgina 1943 yilning oʻzida keksa temirchi toʻrt bolaga otalik qila boshlaydi. Shomahmudovlar boy boʻlmasa-da, nihoyatda ahil-totuv yashardilar. Toshkent bolakaylar uchun ikkinchi vatan boʻlib qoladi. Oiladagi hamma bolalar sof oʻzbek tilida gapirar, bir tanu bir jon boʻlib yashar, bir-birlariga yordam koʻrsatib, qoʻllab-quvvatlab katta boʻladilar”.

Shomahmudovlar oilasi Rahmat Fayziyning “Hazrati inson” romani va “Sen yetim emassan” mashhur kinofilmining bosh qahramonlarining timsollariga aylangan edi. Oila boshligʻi roppa-rosa 100 yoshgacha umr koʻrib, katta mehribon oilasi qurshovida olamdan oʻtadi.

Vafotidan keyingi unvon

Konkursdagi boshqa ishtirokchi - andijonlik Maksim Ergashboyev zamondoshimiz boʻlgan Shuhratbek Zohidovni oʻziga yaqin qahramon deb nomlaydi.

“2000 yilda Shuhratbek Zohidov oʻta xavfli jinoyatchilarni - Izboskan tumanidagi diniy ekstremistlarni qoʻlga olishda qahramonlik koʻrsatadi, - deya boshlaydi oʻz inshosida Maksim. – Xizmat yillari davomida, Shuhratbek Zohidov vatan gʻanimlariga murosasiz boʻlib, terroristlarga qarshi ayovsiz kurash olib borgan”.

Kurashlarning biri Zohidov uchun soʻngisi boʻlib qoladi. 2005 yil mayda terroristlar bilan boʻlgan jangda Shuhratbek halok boʻladi. Unga vafotidan soʻng “Shuhrat” unvoni beriladi.

Oʻzbekistonlik qatnashchilar oʻz ishlarini “Artek” oromgohida joriy yil 4 noyabr kuni boʻlib oʻtadigan tanlov finalida taqdim etadilar.

Asosiy mavzular