Qayta tiklangan Toshkent chinni zavodi ishga tushirildi

© Press-slujba prezidentaOtkrilsya farforoviy zavod
Otkrilsya farforoviy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zavodda yiliga 30 million dona oshxona idishlari, suvenirlar, binolarning ichki bezaklari ishlab chiqariladi. Mahsulotlar import o‘rnini to‘ldirib, Rossiya, Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlariga eksport ham qilinadi.

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanida yangi joyda qad rostlagan Toshkent chinni zavodini borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari bu zavodning qayta tiklanishi haqida o‘tgan yili 29-iyun kuni Olmazor tumani aholisi bilan muloqot chog‘ida aytgan edi.

Prezident topshirig‘iga muvofiq, zavod faoliyatini qayta tiklash maqsadida “Aloqabank” tomonidan umumiy qiymati 87 milliard so‘mlik loyiha amalga oshirildi. Foydalanilmayotgan obyekt rekonstruksiya qilinib hamda qo‘shimcha binolar qurilib, Xitoyning “Huanggang Huauao Zhongbo Klin Technology Co. Ltd.” kompaniyasi uskunalari o‘rnatildi. 300 ta ish o‘rni yaratildi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanida yangi joyda qad rostlagan Toshkent chinni zavodini borib ko‘rdi.
Qayta tiklangan Toshkent chinni zavodi ishga tushirildi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanida yangi joyda qad rostlagan Toshkent chinni zavodini borib ko‘rdi.

Zavodda yiliga 30 million dona oshxona idishlari, suvenirlar, binolarning ichki bezaklari ishlab chiqariladi. Yuz foiz mahalliy xomashodan foydalaniladi. Mahsulotlar import o‘rnini to‘ldirib, Rossiya, Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlariga eksport ham qilinadi.

“Bu zavod O‘zbekistonning faxri, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Ilgari respublikamizga mehmon kelsa yoki yurtdoshlarimiz chet elga borsa, shu zavod to‘plamlaridan sovg‘a qilinardi. Endi ushbu yangi korxona undan ham chiroyli, sifatli va qadrli mahsulotlar tayyorlashi kerak”.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaZavodda yiliga 30 million dona oshxona idishlari, suvenirlar, binolarning ichki bezaklari ishlab chiqariladi.
Qayta tiklangan Toshkent chinni zavodi ishga tushirildi - Sputnik O‘zbekiston
Zavodda yiliga 30 million dona oshxona idishlari, suvenirlar, binolarning ichki bezaklari ishlab chiqariladi.

Mutasaddilar bilan suhbatda zavod faoliyatini kengaytirib, klasterga aylantirish, yanada ko‘p xotin-qizlar va yoshlarni ishga jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan sanoat va investitsiya loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi. Prezident eksportni rivojlantirish, tashqi savdo amaliyotlarini yengillashtirish maqsadida Toshkent shahri uchun zamonaviy multimodal logistika markazi tashkil etish taklifini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0