07:13 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Na Universitetskom bulvare v Samarkande proxodit inventarizatsiya derevyev

Yoshi 100 dan oshgan daraxtlar xatlovdan oʻtkaziladi

© STV
Jamiyat
Havola olish
74 0 0

Qarorga muvofiq, “Urungʻoch” koʻli va unga tutash hududlar davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻining ayrim tabiiy hududlari va obʼyektlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Urungʻoch” koʻli va unga tutash hududlar davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb eʼlon qilindi.

Mazkur yodgorlik Burchmullo davlat oʻrmon xoʻjaligining bir qismi hisoblanadi va ushbu xoʻjalik tomonidan yerlari olib qoʻyilmasdan va obʼyektga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi har qanday faoliyatni taqiqlagan holda boshqariladi.

Qarorga koʻra, “Urungʻoch” tabiiy koʻli va unga tutash hududlarni oʻzgartirishlarsiz saqlash, togʻ ekotizimi oʻsimlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash va takror koʻpaytirish “Urungʻoch” davlat gidrologik tabiat yodgorligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi masʼul organ etib belgilandi.

2020 yil 1 martgacha tabiiy obʼyektlar va komplekslar, shu jumladan, yoshi 100 va undan oshgan daraxtlar xatlovdan oʻtkaziladi.

Asosiy mavzular