Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etildi

© Sputnik / Igor Kostin / Mediabankka o‘tishNa plantatsii lekarstvennix rasteniy
Na plantatsii lekarstvennix rasteniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agentlik suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni shakllantirish va ishlab chiqish hamda amalga oshirishga mas’ul hisoblanadi.

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2020-yildan boshlab  suv yetkazib berish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini suv iste’molchilari tomonidan qoplash mexanizmlari joriy etiladi.

Schetchik vodi - Sputnik O‘zbekiston
Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qiluvchi inspeksiyasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi

Shuningdek, suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlaridagi budjet mablag‘lari ulushi bosqichma-bosqich kamaytiriladi.

Shu bilan birga:

- suv xo‘jaligi sohasidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha kamida 10 ta ilmiy va innovatsion ishlanma amaliyotga joriy etiladi;

- suv xo‘jaligi obyektlarida elektr energiyasi iste’moli kamida 10 foizga qisqartiriladi;

- 300 ta suv xo‘jaligi inshooti va gidrouzelda suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish tizimi avtomatlashtiriladi;

-  sho‘rlangan yer maydonlari ulushi 45 foizgacha kamaytiriladi.

Kran v vannoy komnate, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Issiq suv, “yopiq tizim” va tejamkorlik – Mirziyoyev aniq topshiriqlar berdi

Qarorga ko‘ra, Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etildi.

Agentlik suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni shakllantirish va ishlab chiqish hamda amalga oshirishga mas’ul hisoblanadi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, suv xo‘jaligi vazirligi idora va tashkilotlari xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 2019-yil 1-noyabrdan 1,1 va 2020-yil 1-yanvardan 1,2 miqdorda tuzatish koeffitsiyentini qo‘llash hisobiga ularning ish haqi oshiriladi.

2019 yil 1-noyabrdan boshlab suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari har chorakda tegishli tuman xalq deputatlari Kengashiga suv resurslarini boshqarish holati to‘g‘risida hisobot kiritadi.

Yangiliklar lentasi
0