GAME JAM ilk bor Toshkentda

Obuna bo‘lish
Bellashuv poytaxtda joriy yil 15-17 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Geymdjemda qatnashish bepul. Qatnashchilar uchun dam olish va uxlash joylarining tashkil etilishi ham ko‘zda tutilmoqda.

TOShKENT, 10 okt - Sputnik. "O‘yinlar djemi" (game jam) – qisqa vaqt – 48 yoki 72 soat ichida o‘yinlarni yaratish bo‘yicha chempionat.

Uning qoidalariga ko‘ra, musobaqa ishtirokchilariga, dastlab, mavzu taqdim etiladi, so‘ngra ular komandalarga birlashib, noldan o‘yin yaratishlari talab qilinadi, deb xabar qilinadi Infocom.uz jurnalida. O‘yin yakunlari plenumda muhokama qilinadi va hay’at a’zolari uchta eng yaxshi komandani tanlaydi.

Bellashuvlar 2019-yil 15-17 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Ularda qatnashish uchun video/kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqaruvchilar, dizaynerlar va o‘yinlarga qiziqqan har kimsa qatnashishi mumkin.

Geymdjemda ishtirok bepul bo‘lib, unda qatnashchilarning dam olishi va uxlashi uchun joylar ajratilishi ham nazarda tutilgan.

Videoo‘yinlarni ishlab chiqaruvchilar uchun tashkil etilgan Gamedev CityFest (Novosibirsk, 2020-yil 14-mart) konferensiyasida o‘z mahsulini namoyish qilish imkoniyati, o‘yinlar yaratish asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish uchun yo‘llanma sertifikatlari - musobaqaning bosh sovrinlari qatoridan o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0