20:43 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Vid na gorod Tashkent

Oʻzgidromet Toshkent tumanlarida havo nimadan ifloslanganini ochiqladi

© Flickr / Aleksandr Zykov
Jamiyat
Havola olish
219 0 0

Toshkent shahrida atmosfera havosi kuzatuvlari shaharning 8 ta tumanida joylashgan 13 ta kuzatuv punktida amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 11 okt - Sputnik. Oʻzgidromet Toshkentda atmosfera havosining ifloslanishini kuzatish boʻyicha maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Taʼkidlanishicha, Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanish darajasi statsionar va koʻchma manbalardan ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdoriga bogʻliq. Havoga zararli moddalar chiqaradigan asosiy manbalar avtotransport, sanoat korxonalari, qozonxonalar, metallurgiya korxonalaridir.

“Masalan, Oʻzgidrometning statsionar punktlari joylashgan Toshkent shahrining Yunusobod tumanida azot dioksidi, uglerod oksidi, Yashnobod tumanida chang, uglerod oksidi, azot oksidi, Mirzo Ulugbek tumanida koʻproq chang, azot va uglerod dioksidlari, Chilonzorda azot dioksidi, Mirobod tumanida fenol, azot dioksidi, Sergelida formaldegid va azot dioksidi bir martalik maksimal miqdori ruxsat etilgan meʼyorlardan yuqoriligi qayd etiladi”, - deyiladi xabarda.

Toshkent shahrida atmosfera havosi kuzatuvlari shaharning 8 ta tumanida joylashgan 13 ta kuzatuv punktida amalga oshiriladi. Shahar xususiyatlarini eʼtiborga olib havo ifloslanishi toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlish maqsadida bu punktlar turli funksional zonalarda, yaʼni turar joy , sanoat, avtomobil yoʻllari oldida joylashgan.

Atmosfera havosi ifloslanishi chang, oltingugurt dioksidi, azot dioksidi, azot oksidi, karbonat angidrid, fenol, ftorli vodorod, ammiak, formaldegid, ogʻir metallar koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi. Buning uchun kuzatuv postlarida yakshanbadan tashqari har kuni soat 7:00, 13:00, 19:00 da havo namunalari olinadi.

Eslatib oʻtamiz, dunyo shaharlaridagi ifloslanish va havo sifati indeksini tahlil qiluvchi The World Air Quality Index’ning eng yirik onlayn-monitoring natijalariga koʻra, Toshkent havosi iflos shaharlar reytingida ikkinchi oʻrinni egallagani maʼlum qilgan edi. Oʻzgidromet Toshkentning havosi eng iflos shaharlar reytingida ikkinchi oʻrinni egallashi notoʻgʻri maʼlumot deb atagan edi.

Asosiy mavzular