14:24 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

Sekin yurishning kutilmagan xavfli tarafi aniqlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Jamiyat
Havola olish
1406 0 0

Tadqiqotda 45 yoshga kirgan 900 dan ziyod Yangi Zelandiya aholisi ishtirok etgan. Ularning sogʻligi uch yasharliklaridan kuzatib borilgan.

TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. Shimoliy Karolina shtatidagi Dyuk universiteti tadqiqotchilari sekin yurish miyaning erta qarishi bilan bogʻliqligini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari JAMA jurnalida chop etilgan.

Tadqiqotda  45 yoshga kirgan 900 dan ziyod Yangi Zelandiya aholisi ishtirok etgan. Ularning sogʻligi uch yasharliklaridan kuzatib borilgan.

Eksperiment ishtirokchilarining deyarli butun hayoti davomida maʼlumot toʻplash yoshlik paytida past aql-idrok va sust til qobiliyatiga ega boʻlganlar oʻrta yoshda sekinroq yurishlarini aniqlashga imkon bergan.

Qolaversa, tadqiqot ishtirokchilarga 45 yoshda magnit-rezonas tomogafiya (MRT) qildirilgan. Tomogafiya xulosasiga koʻra, sekin yuruvchilarning miya hajmi kichikligi va uning qobigʻining zichligi kamligi aniqlangan. Shuningdek, ularda kichik tomirlarning xastaligidan darak beruvchi alomatlar kuzatilgan. Olimlarning taʼkidlashicha, bularning barchasi miyaning erta qariyotganidan dalolat beradi.

Bundan tashqari, tadqiqotchilar sakkiz kishidan iborat guruhdan ishtirokchilarning yoshi suratga qarab aniqlashni iltimos qilishgan. Natijada sekin yuruvchilar tez yuruvchilarga qaraganda keksa boʻlib koʻringani maʼlum boʻlgan.

Asosiy mavzular