17:26 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
53010

Rossiya hukumati fuqarolikni olish arizasini koʻrib chiqish muddatini qisqartiruvchi qonun loyihasini maʼqulladi.

TOSHKENT, 12 okt - Sputnik. Rossiya hukumati rus fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish arizasini koʻrib chiqish muddatini qisqartiruvchi qonun loyihasini maʼqulladi.

Hujjatga koʻra, endilikda ariza 3 oy ichida koʻrib chiqiladi. Hozir koʻrib chiqish muddati 6 oyni tashkil etadi.

Taʼkidlanishicha, qonun Rossiya fuqaroligi olish tartibini takomillashtirishga hamda Rossiyada qonuniy asosda yashab kelayotganlarga uni olish uchun mavjud boʻlgan maʼmuriy toʻsiqlarni qisqartirishga imkon beradi.

Qonun maʼqullangan va koʻrib chiqilishi uchun Rossiya Davlat dumasiga kiritilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq yuqori malakali xorijiy mutaxassislar soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olish uchun zarur boʻlgan mehnat muddatini uch yildan bir yilgacha qisqartirishni nazarda tutgan qonun kuchga kirgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular