08:32 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
20710

Yaponiyada "Xagibis" toʻfoni tufayli 26 kishi qurbon boʻlishi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev Sindzo Abega hamdardlik bildirdi.

TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga "Xagibis" toʻfoni yopirilishi oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi

NHK telekanali xabariga koʻra, tayfun oqibatida kuchli yogʻingarchilik sodir boʻlgan va Kanagava, Totigi, Gumma, Miyagi, Saytama, Fukusima, Ivate, Nagano, Tiba, Sidzuoka va Ibaraki prefekturalarida bir necha daryolar qirgʻogʻidan oshib suv toshqinlari sodir boʻlgan.  

Maʼlum boʻlishicha, ayni damda 26 kishi ushbu tabiiy ofatda qurbon boʻlgan, 175 kishi turli jarohatlar olgan, 18 kishi izsiz yoʻqolgan. Talofatlar sonini hisoblash davom etmoqda.

Asosiy mavzular