Toshkentda avtomobillarni evakuatsiya qilish boshlandi

© UzAEvakuatsiya avtomobiley v Tashkente
Evakuatsiya avtomobiley v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar jarima maydonchasiga majburiy evakuatsiya qilinmoqda.

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Toshkentda qoidaga zid ravishda, to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar majburiy evakuatsiya qilinadi, deb xabar qilmoqda O‘zA IIBB YHXBga asosan.

Evakuatsiya avtomobilya  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qarzdor haydovchilar mashinasini "evakuatsiya" qilish boshlanadi

Taqiq belgilari ta’siri ostida qoldirilgan transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va u yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa - O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasiga ko‘ra transport vositasi ushlab turilishi uchun evakuatorda majburiy evakuatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning aprel oyida O‘zbekiston “Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorga asosan amaldagi yo‘l harakati qoidalariga 7.21 raqamli (evakuator ishlamoqda) qo‘shimcha axborot belgisi kiritilgan edi. Mazkur belgi to‘xtash mumkin bo‘lmagan belgilari ta’siri ostida qoldirilgan avtomobillar majburiy evakuatsiya qilinishini anglatadi.

Ushbu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi qonunchilikdagi mazkur o‘zgarishlar amalga tatbiq etila boshlanganini eslatgan holda, aholidan o‘z avtomashinalarni to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlangan joylarda qoldirmasliklarini iltimos qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0