"Vaqf" fondi Termizda mehmonxona ochdi

© UzABlagotvoritelniy fond "Vakf" otkril gostinitsu v Termeze
Blagotvoritelniy fond Vakf otkril gostinitsu v Termeze - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Vaqf” fondi Surxondaryodagi Hakim at-Termiziy ziyoratgohi hamda "Toshkent - Termiz" yo‘li yaqinida 70 o‘rinli mehmonxona ochdi.

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. “Vaqf” xayriya jamoat fondi Hakim Termiziy ziyoratgohi yaqinida mehmonxona ochdi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Mehmonxona 70 o‘ringa ega bo‘lib, u yerda qulaylik darajasi yuqori bo‘lgan lyuks hamda yarim lyuks xonalar bor. Shuningdek mehmonxonada 1ta choyxona va 1ta restoran mavjud. Mehmonxonada ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar va shart-sharoitlar yaratilgan, - deyilgan xabarda.

Mehmonxonaning ahamiyatli jihati shundaki u Toshkent-Termiz xalqaro magistral trassaning yonida joylashgan. Bu esa Iso Termiziy, Sulton Saodat, Kampirtepa, Fayoztepa hamda Hakim Termiziy ziyoratgoh va tarixiy yodgorliklariga tez fursatda yetib olish imkonini beradi.

V Samarkande zalojili fundament novoy gostinisi Sahid Imam Al-Buhari - Sputnik O‘zbekiston
Halol standarti bo‘yicha O‘zbekistonda ilk mehmonxona qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Shuningdek, mehmonxonada musulmon sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida har bir xonaga Qur’oni karim, joynamoz qo‘yilishi va Qibla ko‘rsatgichi o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Undan tashqari, istiqbolda mehmonxonani halol standartiga mos holatga keltirish ko‘zda tutilgan.

Mehmonxona ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ishtirok etdi. Tadbirda shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov va viloyat bosh imom-xatibi Aliakbar Sayfuddinovlar ishtirok etgan.

Undan tashqari, mehmonxona ochilish marosimida viloyatdagi 30 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.

“Vaqf” xayriya fondi xabariga ko‘ra, mehmonxona faoliyatidan kelib tushgan mablag‘lar vaqf mulklarini tasarruf etish hamda xayriya maqsadlari uchun ishlatiladi.

© UzABlagotvoritelniy fond "Vakf" otkril gostinitsu v Termeze
Vaqf fondi Termizda mehmonxona ochdi - Sputnik O‘zbekiston
Blagotvoritelniy fond "Vakf" otkril gostinitsu v Termeze

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish hamda ziyorat bilan bog‘liq rasm-rusmlar o‘tkazishga ko‘maklashish – “Vaqf” fondi vazifalari qatoriga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0