“O‘zstandart” bolalar poyabzalidagi kamchiliklarni aniqladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDetskaya obuv na vistavke Kinder Expo
Detskaya obuv na vistavke Kinder Expo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zstandart" O‘zbekistonda sotilayotgan turli mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar va aniqlangan nomuvofiqliklar haqida xabar qildi.

TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “O‘zstandart” davlat agentligi bugungi kunda O‘zbekiston hududida sotilayotgan oziq-ovqat, kiyim kechak va boshqa mahsulotlarda qanday kamchiliklar aniqlanayotganini xabar qildi.

Molochnie produkti - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zstandart" qator sut va go‘sht mahsulotlarini talabga nomuvofiq deb topdi

Xususan, savdo nuqtalarida sotiladigan mahsulotlarni to‘liq sinovlardan o‘tkazish bo‘yicha quyidagilar aniqlangan:

Bolalar o‘yinchoqlari va bolalar poyafzallarida formaldegid miqdori belgilangan normadan 10 barobar yuqoriligi (0,031 mg/m3), shuningdek, poyabzalning egiluvchanlik ko‘rsatkichlari ham normalarga nomuvofiqligi hamda ichki qismida sintetik materiallardan foydalanilganligi ham aniqlangan.

Quyultirilgan sutda shakar kristallarining ruxsat etilgan normalari oshib ketgan va yuqumli ichak kasalliklarini keltirib chiqaradigan “ichak tayoqchalari” aniqlangan.

Jami  2019 yilning o‘tgan davri mobaynida import mahsulotlarini sertifikatlashtirish jarayonida jami miqdori 2,9 mlrd. so‘m bo‘lgan 14 turdagi mahsulot bo‘yicha 20 holatlarda belgilangan meyorlarga nomuvofiqligi aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0