11:55 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
596 0 0

Shuningdek, bugungi kunda Oʻzbekistonda "Sogʻlom va omadli keksalik" kontseptsiyasi ishlab chiqilmoqda. U keksa yoshdagi kishilar umrini uzaytirishga qaratilgan

TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Oʻzbekistonliklar umr davomiyligi oʻsishi boʻyicha rekord natijalarni oʻrnatmoqda. Bu haqda 16 oktyabr kuni oʻtkazilgan "Aholi muammolarini hal etishda mahalla institutining roli: Oʻzbekiston tajribasi" mavzusidagi matbuot anjumanida xabar qilindi. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabariga asosan.

Taʼkidlanishicha, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan olamshumul ishlarning natijasi oʻlaroq, Oʻzbekistonda aholining turmush sifati yaxshilandi, farovonligi oshdi. Bu esa oʻrtacha umr davomiyligi 67 yoshdan 73,5 yoshga, shu jumladan, erkaklarda 66 yoshdan 71 yoshgacha, ayollarda 70 yoshdan 75,8 yoshgacha ortishiga imkoniyat yaratdi.

Bugun mamlakatda aholining turmush darajasini oshirish yoʻlidagi saʼy-harakatlar – kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirishga qaratilgan ishlarning barchasi mahallaning bevosita ishtiroki orqali amalga oshirilmoqda, deya taʼkidlandi tadbirda.

Shuningdek, bugungi kunda Oʻzbekistonda "Sogʻlom va omadli keksalik" kontseptsiyasi ishlab chiqilayotgani aytildi. Kontseptsiya  keksa yoshdagi kishilarda sogʻlom hayot tarzi va salomatlikni asrash uchun shaxsiy masʼuliyat hissini tarbiyalash orqali ularning umr davomiyligini uzaytirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular