15:21 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Operatsiya v klinike urologii

Urologik klinikalar Quvayt krediti hisobidan jihozlanadi

© Sputnik / Sergey Guneyev
Jamiyat
Havola olish
11920

Kuvayt arab iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi ishtirokida urologik va gemodializ yordamini koʻrsatuvchi Oʻzbekiston tibbiy muassasalarini jihozlash toʻgʻrisida loyihani ijrosini taʼminlashga qaratilgan hujjat ishlab chiqildi.

TOSHKENT, 16 okt – Sputnik. “Kuvayt arab iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi ishtirokida urologik va gemodializ yordamini koʻrsatuvchi Oʻzbekiston tibbiy muassasalarini jihozlash” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi” hukumat qaror loyihasi tayyorlandi.

Unga koʻra, 2016 yil 15 martda Oʻzbekiston Respublikasi va Kuvayt arab iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi oʻrtasida 26 yil muddatga (23,1 million dollar) kredit shartnomasi imzolandi, shu jumladan "Urologik va gemodializ yordamini koʻrsatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi tibbiy muassasalarini jihozlash" loyihasini amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davr bilan.

Loyihada yozilishicha, loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi 5,97 million dollarga teng, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari shaklida 4,41 million dollarga teng.

Loyiha uch yilga moʻljallangan.

Loyihada qayd etilishicha, kredit maqsadli ishlatilishi va loyihani samarali amalga oshirilishiga masʼul ijrochi agentlik – Sogʻliqni saqlash vazirligi, shartnomalar boʻyicha kontragent Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi "O’zmedimpeks" davlat unitar tashkiloti.

Hujjatga "Urologik va gemodializ yordamini koʻrsatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi tibbiy muassasalarini jihozlash" loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari ilova qilingan.

Asosiy mavzular