17:03 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
22220

Rossiyada 2020 yilda kiritiladigan yangi radarlar politsiya avtomobiliga oʻrnatilib, harakat vaqtida ham tezlikni oʻlchashi mumkin.

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. Yangi yildan boshlab Rossiyada mutlaq yangi radarlar ishga tushirilishi mumkin, Autonews xabariga asosan. 

"Yangi "Kordon.Pro-M" nomli radarlar har bir YPX avtomobiliga oʻrnatilishi mumkin. Radar 300 km/soatgacha tezlikni oʻlchash imkoniga ega. Eng asosiysi - radar harakatlanayotgan avtomobildan turib ham oʻz ishini bajarishi mumkin. Xatolik ehtimoli – 1 km/soat.

Ushbu turdagi radarlar katta trassalarda tez harakatlanayotgan avtomobillarni aniqlash imkonini beradi. Ular aholining koʻplab eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan “uch oyoqli” radarlar oʻriga 2020yilning boshidan boshlab qoʻllanilishi mumkin.

Mobilnыy radar - Kordon.Pro-M

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Rossiya Davlat Dumasi haydovchilar uchun tezlikni oshirish jarimalarini 6 baravar oshirish hamda jarima olinmaydigan 20 km/li tezlik chegarasini 10km ga tushirish haqidagi takliflarini koʻrib chiqqan edi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Rossiyada  haydovchilardan chegaralangan tezlikdan 20 km oshguncha jarima olinmaydi. Masalan, cheklangan tezlik 60 km boʻlsa, haydovchi tezlikni 81 km ga yetkazganidan soʻnggina jarimaga tortiladi. 

Asosiy mavzular