17:14 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
439 0 0

Bemor oʻlimini qayd etgan shifokor va feldsherning bosh miya, bel, koʻkrak va boshqa aʼzolariga tan jarohatlari yetkazilgan.

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik.  Tez tibbiy yordam xodimlariga yana tajovuz qilindi, hatto ayol shifokorni ham ayamasdan nohaq kaltaklashdi, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.

16 oktyabr kuni chaqiriqqa asosan Depo koʻchasi 28-uyga yetib borishgan Qarshi filiali tez tibbiy yordam stantsiyasi shifokorlarini, xonadonda jam boʻlgan kishilar tomonidan shaxsiyatga tegadigan gaplar bilan kutib olishgan. Xabarda aytilishiga koʻra tez yordam brigadasi 6 daqiqa ichida yetib kelgan. 

Uy ichda 1967 yilda tugʻilgan fuqaro hushidan ketgan holda yotgan edi. Shifokor bemorda hayot beligilarini aniqlay olishmagach, biologik oʻlimni qayd etishadi. Buni eshitgan marhumning yaqinlari feldsher va shifokorni, ayol kishi boʻlishiga qaramasdan, qattiq kaltaklashadi. Natijada feldsher voqea joyida hushidan ketgan, vrach esa jiddiy tan jarohati olgan.

Shifokor va feldsher RSHTYOIM Qarshi filialiga olib kelganda feldsherda yopiq bosh miya jarohati, bosh miya chayqalishi, koʻkrak, orqa va bel, bosh ensa sohasi yumshoq toʻqimasi lat yeyishi, shifokorda esa - yopiq bosh miya jarohati, bosh miya chayqalishi, yumshoq toʻqimalarning  lat yeyishi tashxisi qoʻyilgan. Ular ayni paytda neyroxirurgiya boʻlimida davolanmoqda.

Marhumning yaqinlari jasadni RSHTYOIMga olib borishganda, reanimatsiya boʻlimi shifokorlari uni taxminan bir soatcha avval vafot etganini tasdiqlashgan. Shundan soʻng shifoxona maʼmuriyati ichki ishlar boʻlimiga xabar bergan.

Ayni paytda huquqni muhofaza qilish idoralari voqea tafsilotlarini oʻrganmoqda.

Eslatib oʻtamiz, sogʻliqni saqlash vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan edi. Ayni paytda Oliy Majlis qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Ushbu hujjat loyihasining qabul qilinishi natijasida tibbiyot xodimlariga nisbatan bunday tajovuzlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini qoʻllash mumkin boʻladi.

Asosiy mavzular