Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi

© Sayte prezidentaShavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Xakima Termizi
Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Xakima Termizi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident diniy ulamolar bilan birgalikda Surxondaryoda Xakim Termiziy maqbarasida tinchlik va farovonlik tilab duo qildi.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

Shavkat Mirziyoyev na trape samolyota - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev xalq bilan muloqot qilish maqsadida Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Maqbarada prezident mahalliy hukumat vakillari va diniy ulamolar bilan birgalikda O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilab duo qildi.

Ulamolar bilan suhbatda mamlakatimiz tarixi, allomalarimizning boy ma’naviy merosini yosh avlodga yetkazish, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi. Jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, bilib-bilmay adashganlarni avf etib, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

© Sayt prezidentaShavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Xakima Termizi
Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Xakima Termizi

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoda so‘nggi vaqtlarda turizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Bir necha oy oldin Amu daryo qirg‘og‘idagi kampirtepa qazilmalari  Oks Iskandariyasi deb e’lon qilingan edi. Undan tashqari hududda turizm infratuzilmasi ham rivojlanmoqda. Yaqinda Hakim Termiziy maqbarasi yonida “Vaqf” xayriya fondi tomonida yangi mehmonxona qurib foydalanishga topshirilgan edi.

© Sayt prezidentaShavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Xakima Termizi
Shavkat Mirziyoyev Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Xakima Termizi
Yangiliklar lentasi
0