00:10 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Press-konferentsiya na temu Pravovoye otnosheniye k materialam, svyazannыm s deyatelnostyu organov vnutrennix del, razmeщyonnыx v sotsialnыx setyax

Oʻzbekistonda oʻtgan yilga nisbatan jinoyatlar soni 26 foizga kamaydi

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Jamiyat
Havola olish
111 0 0

IIV matbuot kotibi, polkovnik Shoxruh Giyasov joriy yilning 9 oyi mobaynida bajarilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda oʻtgan yilga nisbatan jinoyatlar soni 26 foizga kamaydi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.  

Bugun, 17 oktyabr Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida “Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinayotgan ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli materiallarga huquqiy munosabat bildirish” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimidagi barcha boshqarma hamda idora rahbar va mutasaddi xodimlari ishtirok etdi.

IIV matbuot kotibi, polkovnik Shoxruh Giyasov joriy yilning 9 oyi mobaynida bajarilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

“2019 yilning oʻtgan 9 oyi davomida respublikada jami 25 344 ta jinoyat roʻyxatga olingan boʻlib, avvalgi yilga nisbatan 8899 taga yoki 25,9 foizga kamayishiga erishilgan. Ushbu davrda respublikadagi mavjud 9116 ta maxallalarning 4518 tasida umuman jinoyat sodir etilishiga yul koʻyilmadi”, - deb taʼkidladi Giyasov.

Asosiy mavzular