17:31 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
346 0 0

Rospotrebnadzor inson organizmi uchun eng foydali yongʻoqlar deb - keshyu, funduk, oddiy yongʻoq, araxis, kedr yongʻogʻi va bodomni atadi.

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. Rossiya Isteʼmolchilar nazorati (Rospotrebnadzor) eng foydali yongʻoqlarni aniqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rospotrebnadzor oʻtkazgan tekshiruv natijadariga koʻra, eng foydali yongʻoqlar roʻyxatiga keshyu, funduk, oddiy yongʻoq, araxis, kedr yongʻogʻi va bodom kiradi.

“Yongʻoqni haftasiga bir-ikki marotaba isteʼmol qilish kerak. Bir martalik isteʼmol miqdori oʻrtacha - 35 gramm. Yongʻoqni odatda kishilar oʻrganib qolgan, non yoki myusli bilan birgalikda isteʼmol qilish foydali boʻlmaydi. Bu organizmda aminokislotalar disbalansiga olib kelishi mumkin. Yongʻoqni sut, goʻsht, sutli kasha va desertlar bilan isteʼmol qilish foydali”, - deyilgan xabarda.

Rospotrebnador aniqlashiga koʻra, yuqorida keltirilgan mahsulotlarda inson uchun kerakli boʻlgan kaliy, magniy, kaltsiy, fosfor, temir, selen, marganets, molibden, nikel, kobalt, V1, V2, RR, YE vitaminlari, Omega-3 kabi yogʻli kislotalar bor.

Shu bilan bir vaqtda, yongʻoq yuqori kaloriyali mahsulot ekanligini ham unutmaslik kerak.

Diyetolog maslahati

Diyetolog shifokorlar fikriga koʻra, doimiy ravishda yongʻoq isteʼmol qiladigan kishilarda, koronar yetishmovchilik kasalligi xavfi, qonda xolesterin koʻpayishi xavfi va qandli diabet rivojlanish xavfi – kamayadi.

Keshyu isteʼmol qilgan kishilarda oqsil va yogʻ kislotalari almashinuvi, xolesterin miqdori va immunitet yaxshilanadi. Funduk esa saraton kasalligini oldini oladi. Oddiy yongʻoq - qonda xolesterin miqdorini kamaytirib, tomirlar mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Yeryongʻoq tarkibidagi araxis organizm qarishini oldini oladi.

Kerdr yongʻogʻi ayollar organizmiga yaxshi taʼsir koʻrsatadi, yosh bolalari onalarda sut miqdorini koʻpaytiradi hamda teri kasalliklarini oldini oladi. Bodom esa – yaxshi antidepressant boʻlib, organizmda uglevodlar almashinuvini yaxshilaydi, oriqlashga yordam beradi va ichaklar faoliyatini yaxshilaydi.

Asosiy mavzular