17:53 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
128 0 0

Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida “Toshissiqquvvati” DUK tomonidan qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilib, 60 112 isteʼmolchidan 45,8 milliard soʻm xato ushlab qolingani aniqlandi.

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. 2018 yilning dekabr va 2019 yilning yanvar oylarida issiq suv harajatini hisoblash moslamalarini majburiy davlat tekshiruvidan oʻtkazish muddati tugaganligi sababli, “Toshissiqquvvati” DUK tomonidan issiq suv uchun isteʼmolchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Biroq, ushbu tashkilot Vazirlar Mahkamasining muvofiq qarori bilan tasdiqlangan “Koʻp kvartirali uylarda issiqlik taʼminoti xizmatlarini koʻrsatish qoidalari”da koʻzda tutilgan talablarini oʻz vaqtida bajarmaganligi sababli, Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahar boshqarmasiga fuqarolardan arizalar kelib tushdi. Shu sababli, DXA tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida “Toshissiqquvvati” DUK tomonidan qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilib, 60 112 isteʼmolchidan 45,8 milliard soʻm xato ushlab qolingani aniqlandi.

2019 yilning aprel oyida 49 655 isteʼmolchi uchun 34,55 milliard soʻmlik qayta hisob-kitob amalga oshirildi”, - deyilgan xabarda.

Hokimlik xabarida yozilishicha, kelgusida tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, qayta hisoblash ishlari amalga oshirilgan isteʼmolchilarga “Toshissiqquvvati” tuman korxonalari tomonidan oʻtkazilgan qayta hisob-kitob va solishtirma dalolatnomalar joʻnatildi.

Asosiy mavzular