16:40 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
64410

Oʻrta hisobda bitta rossiyalik yiliga 280 dona tuxum isteʼmol qiladi – tavsiya etilgan meʼyor esa - 260 dona.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Rossiyaliklar tuxum isteʼmol qilish boʻyicha yillik meʼyorini 8 foizga oshirdi, bu haqda Forbes Sberbank SIB tahlilchilari hisobotiga asosan xabar qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Oʻrtacha hisobda rossiyalik yiliga 280 dona tuxum isteʼmol qiladi – tavsiya etilgan meʼyor esa 260 dona.

Tahlilchilarning hisob kitobiga koʻra, - soʻnggi 10 yil ichida bu mahsulot isteʼmoli yiliga oʻrtacha bir foizga koʻpaydi.

Xitoyda undan ham koʻproq tuxum isteʼmol qilinadi, bir kishi yiliga 300 dona tuxum isteʼmol qiladi.

Oʻtgan yil Rossiyada 44,9 milliard dona tuxum ishlab chiqarilgan. Prognozlarga koʻra, 2024 yilga kelib, tuxum ishlab chiqarish deyarli uch milliardga koʻpayadi.

Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi mutaxassislarining tanlanma kuzatuvlariga koʻra, 10 mingta uy xoʻjaliklarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari bir kishiga 217 dona tuxum isteʼmoli toʻgʻri kelishini koʻrsatgan. Bu haqda Sputnik muxbiriga Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Asosiy mavzular