14:21 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors

Eski avtomobilni qoʻshimcha toʻlov bilan yangisiga almashtirish dasturiga oʻzgartirish kiritildi

Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan
Jamiyat
Havola olish
104210

Shu yilning 1 oktyabrdan Oʻzbekistonda tatbiq etilgan “TRADE-IN” dasturini qoʻllash tartibi va shartlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Prezidentning shu yil 18 iyuldagi farmoniga asosan ilgari foydalanishda boʻlgan avtomobillarni topshirib, qiymati orasidagi farqni toʻlash orqali yangisini xarid qilish imkonini beruvchi “TRADE-IN” dasturi 2019 yil 1 oktyabrdan tatbiq etila boshladi.

Shunga koʻra, hukumatning qator qarorlariga "TRADE-IN" tushunchasi, ushbu dasturni qoʻllash tartibi va shartlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.

Xususan, avtomobillar fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan rasmiy dilerlik korxonalariga "TRADE-IN" dasturi boʻyicha sotilganda bitimning notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi.

Shuningdek, rasmiy diler mazkur dastur boʻyicha ilgari foydalanishda boʻlgan avtomobilni sotib olganda, vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish uchun hududiy DYHXX organlariga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar belgilab berildi.

Bunda, avtomobilni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan tegishli maʼlumotnoma beriladi, ushbu maʼlumotnoma avtomobilni boshqarish huquqini bermaydi, shuningdek vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmaydi.

Asosiy mavzular