Qizil go‘shtni iste’mol qilavering: "zarari" fosh qilindi

CC0 / Pixabay / u_rt5bpvly / steyk
steyk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kundalik ovqatlanishimizda to‘yintirilgan yog‘lar ko‘payib, mol-sigirlar esa kimyo bilan dorilanganmi? "Qonli steyk"dan infeksiyalanish mumkinligi qanchalik rost?

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. "To‘yintirilgan yog‘lar juda ko‘p, barcha sigirlarni kimoviy preparatlar bilan dorilashadi" - go‘sht iste’moli xavfi haqida nimalarni yozishmaydi deysiz. Bu orada, go‘shtni hatto "vegetarianlik ma’budlari" ham iste’mol qiladilar: esingizdami, Leonardo di Kaprio ommaviy vegetarianlikka da’vat etuvchi ma’ruzasi tugashi bilan borib restoranda steyk yeb turganida "qo‘lga tushgani", deydi Sputnik radiosi sharhlovchisi Olga Bugrova.

Qizil go‘sht zararli ekanini fosh qiluvchi oltita dalil aniqlangan:

1. Birinchi o‘rinda - pishirilgan mol tili. U baxtiyorlik hissiga javob beruvchi gormon – serotonin tanqisligini his qilayotganlar uchun ayniqsa foydali. Mol tilidagi aminokislotalarning ta’siri shokoladniki bilan bir xil bo‘lsa-da, ammo oziqaviy qiymati bir necha barobar yuqori.

2. Go‘shtxo‘rlar chala pishirilgan qonli go‘shtni ko‘rishlari bilan o‘zlarini baxtiyor his qilishlarini aytishadi. Bu behuda gap. Chunki go‘shtdagi, aslida, qon emas. Zero, chorva qoni so‘yilganidayoq to‘kib tashlanadi. Ko‘rib turgan suyuqligingiz aslini olganda - oqsil shirasi. Agar "qonli" steyk sifatsiz tayyorlansa, uni iste’mol qilgan kishi infeksiyalanishi kafolati 100%.

 

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMol go‘shti
Qizil go‘shtni iste’mol qilavering: zarari fosh qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Mol go‘shti

 

3. Qizil go‘shtni faqat oqsili uchun iste’mol qiladiganlar chigirtkaga o‘tganlari ma’qul, deydi Bugrova. Hasharotda oqsil taqqoslab bo‘lmas darajada ko‘p. Hasharotning ustki qoplamidan hatto go‘sht mahsulotlarini to‘yintiruvchi modda tayyorlanadi.

4. Ba’zan har kim ham go‘sht yeyishdan tiyilgani ma’qul: kundalik ratsionda qizil go‘shtning mavjudligi yurak-tomir kasalliklari xavfini keltirib chiqaradi. Ta’kidlash joiz, go‘shtning o‘zi emas, uni hazm qilishda ishtirok etuvchi ichak bakteriyalari tomonidan ajratiladigan "chiqindilar" o‘ta ziyonli.

5. Go‘shtning tavsiya qilinadigan kundalik meyori – haftasiga 150-200 grammdan ikki marta, yo bo‘lmasa uch marta, ammo kuniga 60 grammdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Undan ko‘piga ehtiyoj ham yo‘q: shu miqdorning o‘zi immun hujayralar o‘sishini kafolatlaydi, gemoglobin uchun javob beradigan gem temiriga bo‘lgan ehtiyoj to‘laligicha qondiriladi.

 

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tish"Oq" tovuq go‘shti rastasi
Qizil go‘shtni iste’mol qilavering: zarari fosh qilindi - Sputnik O‘zbekiston
"Oq" tovuq go‘shti rastasi

 

"Oq go‘sht"da temirni qidirmagan yaxshi, deydi muallif. Unda temir deyarli yo‘q. Tovuq iste’moliga o‘ch bo‘lganlar kamqonlikni orttirib olishlari mumkin.

6. 2016-yilda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qizil go‘shtni "insonda rak kasalligini vujudga keltirishi (kanserogen) ehtimoli baland bo‘lgan mahsulotlar" toifasiga kiritdi. Ammo o‘tgan yillarda buning aniq dalil-sabablarini keltirganicha yo‘q.

Tashkilot, ayni zamonda, boshqa bir raqamni ham e’lon qilgan: 34 000 ta o‘limning sababi - go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish bilan bog‘liq rak, deb ko‘rsatilgan. Biroq go‘shtni iste’mol qilish kasallikni vujudga kelishidagi sabab, deb e’lon qilinmagan.

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Tomas Lindel ta’kidlashicha, kanserogenlik, nurlanish yoxud ultrabinafsha nurlarining tarqalishi saraton kasalligining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Butun sabab gidrolizda, ya’ni murakkab moddalarning suv ta’sirida (inson tana massasi 80% gacha suvdan iboratligi hisobga olinganda) qismlarga ajralishidadir va bunda inson go‘sht yegan-yemaganligi ahamiyat kasb etmaydi.

Yangiliklar lentasi
0