18:21 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
107111

Parhezshunos-shifokor Yelena Solomatina quritilgan mevalar foydasi haqida aytib, ularni qanday tanlash kerakligini tushuntirib berdi.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Parhezshunos-shifokor Yelena Solomatina quritilgan mevalar foydasi haqida aytib, ularni qanday tanlash kerakligini tushuntirib berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Mutaxassis quritilgan mevalarni "konsentrat" deb atadi, chunki ular tarkibida yangi mevalarga qaraganda koʻproq vitaminlar va boshqa foydali elementlar mavjud. Biroq ularda shakar miqdori ancha yuqori. Shuning uchun ularni meʼyorida isteʼmol qilish kerak.

Shifokor eng foydali qora olxoʻri va mayiz ekanligini aytdi.

Solomatina quritilgan mevalarda magniy va kaliyning yuqori miqdori borligini taʼkidlab oʻtdi. Mayiz tanadan ortiqcha suyuqlikni chiqarishga yordam beradi va qon tomirlarini mustahkamlaydi.

“Ularda juda koʻp antioksidantlar mavjud, antosiyaninlar va polifenollarga boy, qarishni toʻxtatadi va yurak-qon tomir tizimini davolaydi, koʻzlarga foydali taʼsir koʻrsatadi. Ammo shuni esda tutishimiz kerakki, mayiz barcha boshqa quritilgan mevalarga qaraganda koʻproq shakarga ega. Qora olxoʻri – ich boʻshatadi, turshak – peshob haydaydi. Olmalarda juda koʻp kaliy bor. Anjir bioprosesslarni barqarorlashtiradi”, - deydi Solomatina.

Uning soʻzlariga koʻra, quritilgan mevalardan kompot pishirishning hojati yoʻq, lekin isteʼmol qilishdan avval issiq boʻlmagan suvda yuvish kerak.

Shifokor, shuningdek, mahsulotlarning tashqi koʻrinishiga eʼtibor qaratdi: haddin ziyod “chiroyli” boʻlgan  turshak, xurmo va olxoʻrilarni sotib olish kerak emas.

Bu juda yorqin va yaltiroq quritilgan mevalarga ham taalluqli. Bunday belgilar mahsulot oltingugurt, parafin yoki moy bilan ishlov berilgan boʻlishi mumkin.

Asosiy mavzular