15:02 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Uzbekskaya valyuta - sum

Oʻzbekistonda erkaklarga homiladorlik va tugʻish nafaqalari toʻlangani aniqlandi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
996 0 0

Xususan, Jizzax viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri iqtisodchisiga 2,1 million soʻm va Jizzax shahridagi 20-maktab qorovuliga 900 ming soʻm homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlangan.

TOSHKENT, 19 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda ayrim byujdet tashkilotlarida erkaklarga ham homiladorlik va tugʻish nafaqalari toʻlangani aniqlangan. Bu haqda "Huquq" gazetasiga tayangan holda "Zarafshon" nashri xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura tomonidan ayrim byudjet muassasalarida nafaqalarning tayinlanishi oʻrganilgan. Oʻrganishlar natijasiga koʻra, Oʻzbekistonda 2017-2018 yillar va 2019 yilning birinchi choragida byudjet muassasalari xodimlariga 529,5 milliard soʻm homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlangan. Shundan 345 million soʻmlik nafaqa asossiz toʻlangani aniqlangan.

Bundan tashqari, nafaqani hisoblashda xodimning oʻrtacha ish haqini asossiz ravishda oshirib koʻrsatish yoki noqonuniy yoʻllar bilan toʻlov hujjatlariga toʻlanishi lozim boʻlgan summaga nisbatan koʻproq pul yozish bilan respublika boʻyicha 696 million soʻmdan ortiq mablagʻ talon-toroj qilingani maʼlum boʻlgan.

Shuningdek, byudjet muassasalarida umuman ishlamaydigan, pensiyaga chiqib ketgan, homilador boʻlmagan va homiladorlik taʼtiliga chiqmagan shaxslar nomiga soxta maʼlumotlar asosida homiladorlik va tugʻish nafaqasi yozish, aynan bir xodimga bir necha marta pul hisoblash bilan 820 million soʻmdan ortiq mablagʻ oʻzlashtirilgan.

Hatto erkak kishilarga ham soxta maʼlumotlar asosida homiladorlik va tugʻish nafaqasi yozilgan. Xususan, Jizzax viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri iqtisodchisiga 2,1 million soʻm va Jizzax shahridagi 20-maktab qorovuliga 900 ming soʻm homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlangan.

Bundan tashqari, byudjet mablagʻlarining toʻgʻri sarflanishini taʼminlashga masʼul shaxslar talon-torojga sherik boʻlgan. Xususan, Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi yetakchi iqtisodchisi O.A. kollejlarning bosh hisobchilari bilan til biriktirib, soxta hujjatlar asosida 358 million soʻm homiladorlik va tugʻish nafaqasini oʻzlashtirgan.

Oʻrganishlarda jami 1 275 ta byudjet muassasasida ushbu maqsad uchun ajratilgan 3,1 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ noqonuniy sarflangan.

Asosiy mavzular