21:48 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Poluchit patent v Mnogofunktsionalnom Migratsionnom Tsentre Moskvы v Saxarovo (russkiy yazыk)

Moskvada 1 yanvardan patent narxi oshadi

© Youtube/ Ofitsialnыy kanal MMTS
Jamiyat
Havola olish
57703

Moskvada 2020 yilning birinchi yanvaridan boshlab xorijiy fuqarolar uchun patent toʻlovlari miqdori 350 rublga oshadi.

TOSHKENT, 20 okt –Sputnik. Moskvada 2020 yilning 1 yanvaridan patent toʻlovlari narxi 350 rublga oshadi, deb xabar qilmoqda Rossiya IIVning Migratsiya boshqarmasi.

“Moskva hukumati  federal qonunchilikning taaluqli bandiga oʻzgarish kiritdi. 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab xorijiy fuqarolarga mehnat qilish huquqi beruvchi patent toʻlovi miqdori oyiga 5350 rubl boʻladi”, -  deyilgan xabarda.

Maʼlumot uchun, 2018 yilda patent toʻlovi miqdori oyiga 4500  rublni, 2019 yilda – 5000 rublni tashkil qilgan edi. Oʻtgan yilda Moskvada berilgan patentlar soni 450 mingtani tashkil qildi. Patent toʻlovlari hisobidan shahar byudjetiga tushgan toʻlovlar miqdori 17,4 milliard rubl boʻldi.

Asosiy mavzular