01:44 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Jamiyat
Havola olish
325310

Oʻzbekistonda eng koʻp oʻqiladigan 22ta bloger reytingi tuzildi. Ularning roʻyxati bilan batafsil quyida tanishing.

TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Bugungi kunda Oʻzbekistonda turli mavzularda ijod qiladigan blogerlar, telegram kanallar juda koʻpaygan. Aksariyat blogerlar kundalik yangiliklarni oʻz fikr va qarashlari bilan “boyitgan holda”, yoritib boradi.

“Qoʻshni mahalla” telegram kanali 4-17 oktyabr kunlari Oʻzbekistonda eng koʻp oʻqilgan blogerlar reytingi tuzgan. Reytingga oʻzbekistonning eng ommaviy 22ta blogeri kirgan. 

Birinchi oʻrinda – abituriyentlar uchun kerakli maʼlumotlarni birinchi boʻlib tarqatuvchi, prezident bilan selfi tushgan, huquqshunos bloger - Xushnudbek. Uning kanaliga 169 mingdan ortiq kishi aʼzo boʻlgan. 

Ikkinchi oʻrinda oʻzini “hazilkash bloger” deb eʼlon qilgan Troll.uz – 51 ming kishi. Uchinchi oʻrinda chizma karikaturalar chop etuvchi hajviy  bloger Rais buva – 48 ming obunachi.

Reytingdan oʻrin olgan barcha blogerlar roʻyxati bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin.

Reyting blogerov Uzbekistana

Wikipedia maʼlumotiga koʻra, ommaviy blogerlar eng koʻp mamlakatlar  roʻyxatida 1 oʻrinda Rossiya turarkan. Bu yerda 70 ta bloger Wikipediaga tushgan. Ikkinchi oʻrinda AQSH – 56 ta mashhur bloger. 3 oʻrinda Ukraina – 18 ta bloger. 4 oʻrinda – Buyuk Britaniya – 13ta bloger va ho kazo. Wikipedia oʻzbek tilini tushunganida, ehtimol Oʻzbekiston ham ushbu roʻyxatning yuqori qatorlaridan oʻrin olgan boʻlardi.

Asosiy mavzular