00:12 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Vazirlik kuchlimi yo qoʻmita? - “Bosh vazir kubogi” boshlandi

© Minsport
Jamiyat
Havola olish
287 0 0

Vazirlik kuchlimi yo qoʻmita? Davlat muassasalari orasida futbol va volleybol boʻyicha “Bosh vazir kubogi” boshlandi.

TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Bugun Toshkentda vazirliklar, qoʻmitalar va boshqa  yirik davlat korxonalari orasida futbol (erkaklar) va volleybol (ayollar) boʻyicha “Bosh vazir kubogi” boshlandi, deb xabar qilmoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.

“Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtgan bellashuvlarda barcha jamoalar puxta tayyorgarlik koʻgani maʼlum boʻldi. Jamoalarning liboslari havas qiladigan darajada, - deb yozadi vazirlik.

Birinchi kun kutilmagan natijalarga boy boʻldi. Xususan, sobiq chempion “Oʻzteleradiokompaniya” jamoasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari”ga 0:8 hisobida "efirni boy berib" qoʻyishdi.

Undan tashqari, “Xalq banki” jamoasi ham Xalq taʼlim vazirligiga 9:0 hisobida futboldan “dars oʻtdi”, desak xato boʻlmaydi.

Shuningdek, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi esa “Oʻzbekinvest”ga dastlab 0:2 hisobida “investitsiya kiritib”, ikkinchi taymda uni “2 barafar foydasi bilan chiqarib oldi” - yaʼni 4ta gol kiritib hisobni 4:2 qilishdi.  

Barja jamoalar natijalari bilan quyida tanishish mumkin. Musobaqaning yarim final va final oʻyinlari mamlakatimizning bosh arenasi – “Milliy” stadionda tashkil etiladi.

Asosiy mavzular