Deputatlar sud jarayonini translyatsiya qilishga qarshi chiqishdi

© DaryoSud nad Tolibom Azimjonovim v Samarkande
Sud nad Tolibom Azimjonovim v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Milliy Tiklanish” tashabbusi bilan, sud majlislarini keng ommaga translyatsiya qilishga qaratilgan qonun loyihasi kun tartibidan olib tashlandi.

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Deputatlar sud majlislari keng ommaga translyatsiya qilinishiga qarshi chiqdi, deb yozmoqda Norma.uz sahifasi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Oliy Majlisda 18-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan muhokamada “Cud majlislarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni” belgilovchi qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kun tartibidan chiqarib tashlangan.

Zasedanie Verxovnogo suda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston sud islohoti tizimida qaysi yo‘ldan bormoqda?

Yuqoridagi qo‘shimchalar kuchga kirgan taqdirda, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan barcha sud majlislarini onlayn ravishda keng jamoatchilik tomonidan kuzatib borish imkoni paydo bo‘lar edi. Ushbu normalarni kiritish tashabbusi sud majlislarini yanada ochiq-oydin, barcha tomonlar huquqlarini kafolatlashga, sud jarayonlarida qonunchilikka to‘liq rioya qilishga qaratilgan edi, lekin Oliy Majlisning quyi palatasidagi barcha partiya deputatlari orasida yangi qonunga qarshi bo‘lgan deputatlar, orasida ushbu qonunga qarshi chiqqanlar ko‘p bo‘ldi, deyilgan xabarda.

Xususan, “Milliy Tiklanish” partiyasi deputati Akmal Umurzoqov fikriga ko‘ra, ushbu qonun qabul qilingan taqdirda u yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ikkinchidan, bu “aybsizlik prezumpsiyasiga” zid keladi. Sud qarori qabul  qilinmasdan turib, insonni keng ommaga sud zalining ichida ko‘rsatishning o‘zi uning oilasi va yosh bolalarini mahalla va jamoatchilik oldida sharmanda qilishi mumkin.

Uchinchidan, bu kishi hayotiga oid shaxsiy ma’lumotni ham oshkor bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu esa O‘zbekiston qonunchiligiga zid, deydi deputat.

Yangiliklar lentasi
0