“Toshkent city”ning yangi ko‘chalari qanday nomlanadi

Obuna bo‘lish
“Toshkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi ko‘chalarga qanday nom berilishi ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. “Toshkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi ko‘chalarga qanday nom berilishi ma’lum bo‘ldi.

Tashkent City markazidagi favvora. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent City bog‘iga sayohat – eng yorqin suratlar

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi qarori loyihasi tayyorlandi.

Loyihada 6 ta nomsiz ko‘chaga quyidagi nomlar berish taklif etilgan: “Yangi Toshkent” ko‘chasi, Yangi Toshkent tor ko‘chasi, “O‘qchi” ko‘chasi, “Zargar” ko‘chasi, “Xadra” ko‘chasi, “Xadra” tor ko‘chasi.

Toshkent City hududi 6 lotga ajratilgan, birinchi va ikkinchida savdo markazi, ofislar va ko‘ngilochar majmualar quriladi.

Uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi lotda 2,1 ming xonadondan iborat bo‘lgan 28 - qavatli uylar barpo qilinadi. Oltinchi lotda  - bog‘cha va maktab qurish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0