15:58 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Totalnыy diktant v Nukuse

Ommaviy diktant-2020 poytaxti maqomi uchun ilk bor Oʻzbekiston kurashadi

Orgkomitet totalnogo diktanta v Karakalpakstane
Jamiyat
Havola olish
124 0 0

“Ommaviy diktant” aktsiyasida Qoraqalpogʻiston 2019 yil ilk bor ming kishilik qatnashchi bilan ishtirok etdi. Ushbu holat Nukusning 2020 yilda mazkur gumanitar loyihada poytaxt maqomiga ega boʻlish uchun daʼvo qilish huquqini beradi.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. Nukus 2020 yilda Ommaviy diktant poytaxti nomi uchun kurashayotgan Rossiyadan tashqaridagi yagona xorijiy shahar boʻlmoqda. Mazkur hududda joriy yil ilk marotaba boʻlib oʻtgan xalqaro aktsiyaga misli koʻrilmagan qiziqish namoyon boʻlgandi.

Onlayn-saylovning 1-bosqichi loyiha saytida bugun - 21 oktyabrda boshlanadi. Nukusdan tashqari Ommaviy diktant poytaxti maqomi uchun Rossiyaning 9 ta shahri -  Rostov-na-Donu, Chelyabinsk, Yekaterinburg, Ijevsk, Tambov, Qozon, Vologda, Krasnodar va Sankt-Peterburg kurashadi.

Onlayn-saylov jori yil 11 noyabrgacha (Moskva vaqti bilan soat 10.00) davom etadi. Unda har kim saytda roʻyxatdan oʻtgan holda qatnashishi mumkin. Har bir foydalanuvchi 24 soat davomida faqat bir marta oʻz ovozini berishi mumkin boʻladi.

Birinchi bosqich yakunlari boʻyicha besh shahardan tarkib topgan dastlabki roʻyxat (short-list) eʼlon qilinadi. Gʻolib-shahar nomi 2020 yil fevralda maʼlum boʻlib, 4 aprelda esa tanlangan poytaxtda asosiy Ommaviy diktant boʻlib oʻtadi.

Tadbir poytaxti OAV va ijtimoiy tarmoqlarning ommaviy eʼtibor markaziga aylanib bormoqda. Har yili koʻngilli ravishda diktant yozish uchun oʻtkazilayotgan ushbu maorif aktsiyasi barcha xohlovchilarga rus tilini oʻrganishga va unda oʻz savodxonligini oshirishga chaqiradi. Ommaviy diktant ilk bor 2004 yilda Novosibirsk Davlat universitetida oʻtkazilgan edi. Aktsiya qisqa muddatda xalqaro maqomga ega boʻlib, dunyoda eng keng miqiyosli boʻlishga ulgurdi.

2019 yilda rus tilidagi bilimlarini dunyoning 80 mamlakatidagi 1 200 shaharda istiqomat qiluvchi 236 000 kishi sinab koʻrgan edi. 2018 yil aktsiya poytaxti etib Vladivostok, 2019 yil esa Tallin onlayn-saylov natijalari boʻyicha gʻolib deb topildi.

Sputnik Oʻzbekiston axborot agentligi Qoraqalpogʻistondagi ushbu maorif loyihaning axborot hamkori sifatida ishtirok etmoqda. Ommaviy diktantni respublikaning Xalq taʼlimi vazirligi, Rus milliy madaniyat markazi va Qoraqalpogʻiston oliy oʻquv yurtlari qoʻllab-quvvatladi.

Asosiy mavzular