23:40 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Rabota jurnalista

Bloger va veb-sayt egalariga qoʻshimcha majburiyat yuklatiladi

© Sputnik / Murad Orujov
Jamiyat
Havola olish
27130

Veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan blogerga veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborotni oʻchirishni talab etuvchi xabarnomani yuborish tartibi toʻgʻrisida nizom tayyorlandi.

TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. "Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon internet tarmogʻida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018 yil 5 sentyabrdagi 707-sonli Qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni
12-1-moddasiga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida, qonunda belgilangan tartibda Internet tarmogʻi monitoringini olib boruvchi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi kanallari orqali veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan blogerga veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid hamda qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikni keltirib chiqaruvchi axborotni oʻchirishni talab etuvchi xabarnoma yuboradi”, - deyilgan qarorda.

Hujjatga veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan blogerga veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborotni oʻchirishni talab etuvchi xabarnomani yuborish tartibi toʻgʻrisida nizom ilova qilingan.

"Veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan bloger, qonun hujjatlariga va nizomga muvofiq quyidagilarga majburdirlar:

barchaga qulay boʻlgan axborotni oʻzining veb-saytida, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasida joylashtirishdan oldin ishonchliligini tekshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborotni joylashtirish uchun oʻz veb-saytidan, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasidan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, oʻz veb-sayti, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasidan axborotning ishonchsizligi oʻrnatilgan holda, oʻz ixtiyori bilan yoxud vakolatli organ tomonidan tegishli xabar olingan taqdirda darhol oʻsha axborotni oʻchirib tashlash", - deyilgan hujjatda.

Vakolatli organ doimiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida kirish imkoni mavjud boʻlgan veb-saytlar, messenjerlar, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifalarida joylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborotlarni aniqlash maqsadida Internet tarmogʻi monitoringini amalga oshiradi.

“Oʻzbekiston Respublikasi hududida kirish imkoni mavjud boʻlgan veb-saytlar, messenjerlar, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifalarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborotlar aniqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi kanallari orqali veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifalari egasi, shu jumladan bloger Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlgan axborotni oʻchirib tashlashni talab qilgan holda bu toʻgʻrida darhol xabardor qilinadi”, - deyilgan hujjatda.

Veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifalari egasi, shu jumladan bloger xabarnoma olingan paytdan boshlab 24 soatdan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlgan axborotni zudlik bilan oʻchirib tashlashi, shuningdek bu toʻgʻrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligini xabardor qilishga majbur.

Agar koʻrsatilgan muddatda veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan bloger tomonidan oʻchirilmasa, u holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shu jumladan bloger bilan nizolarni hal qilish uchun sudga daʼvo kiritishi mumkin.

Asosiy mavzular