15:14 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Natsionalnыe tantsы na prazdnike uzbekskogo yazыka v Tashkente

Oʻzbekistonda yangi bayram joriy etildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
83010

Bundan 30 yil muqaddam joriy etilgan sana - 21 oktyabrning endilikda bayram sifatida respublika boʻylab keng nishonlanishi koʻzda tutilmoqda.

TOSHKENT, 21 okt - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi bilan tabriklar ekan, 21 oktyabrni respublikada bundan buyon rasmiy bayram sifatida nishonlanishini eʼlon qildi.

Shunday qilib, Oʻzbekistonda qoʻshimcha rasmiy tantanali kun – 21 oktyabr – "Oʻzbek tili bayram kuni" joriy etildi.

“Har birimiz davlat tiliga boʻlgan eʼtiborni mustaqillikka boʻlgan eʼtibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev bayramga bagʻishlangan tantanali tadbir davomida.

Oʻzbekistonga yangi alifbo kerakmi - ekspert yangi loyiha boʻyicha izoh berdi

Eslatib oʻtamiz, prezidentning «Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston boʻylab bayram tadbirlari oʻtkaziladi.

Maktab oʻquvchilari uchun insholar tanlovi, teatr va kinoteatrlarda esa spektakl, badiiy va hujjatli filmlar namoyishi boʻlib oʻtadi.

Asosiy mavzular