Arab kompaniyasi “Namangan City”ni barpo etish bilan shug‘ullanadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMuzikalniy fontan v Namangane
Muzikalniy fontan v Namangane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan shahrida 78 gektar maydonda “Namangan City” barpo etiladi. Loyihani moliyalashtirish to‘laligicha “Alqusaier company” kompaniyasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Saudiya Arabistonining “Alqusaier company” kompaniyasi “Namangan City” ishbilarmonlik markazini qurish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qilmoqda.

Tashkent City markazidagi favvora. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent City bog‘iga sayohat – eng yorqin suratlar

Imzolangan memorandumga ko‘ra, loyihani moliyalashtirish to‘laligicha “Alqusaier company” kompaniyasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Viloyat hokimiyati “Namangan City” faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, kirish yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashga doir masalalarni hal etadi hamda loyihani amalga oshirish uchun kerakli ruxsatnomalarni olishda va loyihani amalga oshirish va foydalanish davrida malakali kadrlar bilan ta’minlashga ko‘maklashadi.

Ma’lum qilinishicha, Namanganda 78 gektar maydonda barpo etiladigan “Namangan City” ishbilarmonlik markazidan biznes-markaz, zamonaviy savdo majmualari, 3 va 4-5 yulduzli mehmonxonalar, ofislar, konferensiyalar saroyi, ko‘rgazma zallari, turar-joylar va villalar, maktab, bolalar bog‘chasi, restoranlar va boshqa ijtimoiy soha obyektlari o‘rin oladi.

Yangiliklar lentasi
0