Futbol ishqibozi Shomurodovni Rossiya terma jamoasiga chaqirishni talab qildi

© Sputnik / Aleksey FilippovGlavniy trener sbornoy Rossii Stanislav Cherchesov v matche 1/4 finala chempionata mira po futbolu mejdu sbornimi Rossii i Xorvatii.
Glavniy trener sbornoy Rossii Stanislav Cherchesov v matche 1/4 finala chempionata mira po futbolu mejdu sbornimi Rossii i Xorvatii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Futbol ishqibozi Rossiya bosh murabbiyiga qo‘shng‘iroq qilib Shomurodovni milliy terma jamoaga jalb qilishni talab qildi.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Rossiyada futbol ishqibozi bosh murabbiy Stanislav Cherchesovga qo‘ng‘iroq qilib, undan Shomurodovni terma jamoaga jalb qilishni talab qildi, deb yozmoqda Sportbox. 

Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston
Shomurodov van Basten uslubida gol urdi - video

- Menga yaqinda notanish kishi qo‘ng‘iroq qilib, milliy terma jamoaga jarohat olgan Fodor Smolov o‘rniga “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodovni jalb qilishni talab qildi, - deydi Cherchesov. - Kim telefon qilganini bilmayman, futbol ishqibozi bo‘lsa kerak, qayerdandir telefon raqamimni topib qo‘ng‘iroq qildi, uzoq vaqt gapirdi, sen yaxshi futbolchilarni, eng zo‘r gol uruvchini  ko‘rmayapsan dedi. 

Men uning gaplarini xotirjam oxirigacha tingladim va siz hammasini to‘g‘ri aytdingiz, lekin harchand urinsam ham O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisini jamoaga taklif qila olmayman, dedim. Afsus shu vaqt uning yuzini ko‘ra olmadim, lekin suhbatda grosmeysterlarga xos uzoq to‘xtam bo‘ldi, - dedi Cherchesov.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda Rossiya premyer ligasida o‘zbekistonlik legioner Eldor Shomurodov yetakchi hujumchi bo‘lib turibdi. Ayni damda Shomurodovning ushbu mavsumda urilgan  gollari soni 10taga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0