08:27 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
152 0 0

Respublikada paxta terimi mavsumi davom etmoqda va bu jarayonda aksar hollarda qoʻl mehnati afzal koʻriladi.

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Samarqand viloyati Past Dargʻom tumanida viloyat, tuman va shahar maʼmuriy sud sudyalari va xodimlarining 60 nafaridan ziyodi paxta terimida qatnashdi, xabar qiladi Respublika Oliy sudi.

Sudi vыshli na sbor xlopka v Samarkandskoy oblasti
Press-slujba Verxovnogo suda Uzbekistana
Samarqand viloyatida sudyalar paxta terimiga chiqdi

“Zafar” fermer xoʻjaligi dalasiga umumiy hisobda 65 kishi ishga chiqdi. Bir kunda ular 1,63 tonna paxta terdi.

Soliqchilar oʻz xohishi bilan paxta terishga chiqdi

Bundan bir necha hafta ilgari Xotin-qizlar qoʻmitasi rahbari Elmira Bositxonova ham paxta terimida ishtirok etgandi. U mahalliy aholi va ishchi ayollar bilan suhbatlashib, terim yakunida ularga ramziy sovgʻalar taqdim etgan edi.

Elmira Basitxanova na xlopke
Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Bositxonova Toshkent viloyatida paxta terimida

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston paxtani ishlab chiqarish boʻyicha jahonning birinchi oʻntaligiga va paxta tolasining sifati boʻyicha birinchi beshtaligidan oʻrin egallagan. Oʻzbek paxtasini eng faol Xitoy Xalq Respublikasi xarid qiladi.

Asosiy mavzular