07:34 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
85610

Bosh prokuratura “Sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari ijrosi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasini tayyorladi.

TOSHKENT, 23 okt – Sputnik. Bosh prokuratura “Sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari ijrosi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasini tayyorladi.  

Loyihada 2020 yil 1 fevraldan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari majburiy ijro etilishi jarayoniga soddalashtirilgan ijro ishi institutini joriy etish bayon etilgan.

Loyihaga koʻra, maʼmuriy jarimalar, soliq qarzdorliklar va jismoniy shaxslardan davlat bojini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlarini majburiy ravishda ijro etish soddalashtirilgan ijro tartibida, ularning ijrosi natijasiz holatida – umumiy tartibda amalga oshiriladi.

Soddalashtirilgan ijro ishi yuritishi doirasida undiruv qarzdor bilan muloqotga kirmasdan va uning yashash joyiga bormagan holda, faqatgina qarzdorning bankdagi hisob raqamlarini qidirish va undan (shu jumladan, plastik kartochkadan) qarzdorlikni soʻzsiz yechib olish orqali masofaviy amalga oshiriladi, ijro hujjati boʻyicha qarzdorlik (ijro yigʻimi summasidan tashqari) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan koʻp boʻlmagan hollarda esa, qarzdorlikni ish haqiga qaratish orqali amalga oshiriladi.

Loyihada Bosh prokuratura va Markaziy bankning aliment majburiyatlarini boʻyicha yagona bank hisobini tashkil etish haqida taklifini qabul qilish yozilgan. Unda aliment miqdori kiritish va undirishga moʻljallangan har bir ijro hujjati boʻyicha subhisoblarni ochish, shu jumladan, qarzdorlarning maoshidan ushlab qolish; aliment majburiyatlarini ijro etish va yagona bank hisobi boʻyicha mablagʻlarni monitoring qilish maqsadida yagona bank hisobvaragʻini va MIB PORTAL axborot tizimiga integratsiya qilish.

Hujjat loyihasi 7 noyabrgacha muhokama qilish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular