07:56 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Grafiki seysmologicheskoy aktivnosti

Olimlar yaqinlashib kelayotgan zilzilalarning yangi belgilarini topishdi

AP Photo / Wally Santana
Jamiyat
Havola olish
61310

Olimlar yaqinlashib kelayotgan zilzilalarning oʻzgacha alomatlarini topishdi, ular bashorat qilish uslublarini ishlab chiqishga yordam beradi.

TOSHKENT, 23 okt – Sputnik. Olimlar zilziladan besh kun oldin atmosferadagi ichki tortish (gravitatsiya) toʻlqinlarining parametrlari oʻzgarish roʻy berishini aniqladi.

Bu maʼlumot zilzilalarni qisqa muddatli bashorat qilish usullarini ishlab chiqishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari “Fanlar akademiyasi hisobotlari” jurnalida chop etildi.

Geofiziklar Oʻzbekistonda 2013 yil 26 may, Qirgʻizistonda 2007 yil 8 yanvarda hamda Qozogʻistonda 2013 yil 28 yanvarda zilzilalar boʻlgan vaqtida sunʼiy yoʻldoshlardan olingan maʼlumotlarni tahlil qildi.

Seysmik falokatdan besh kun oldin har uch holatda ichki tortishish toʻlqinlarining (ITT) parametrlari oʻzgargani - havo toʻlqinlarining tebranishi maʼlum boʻldi.

Tadqiqotlar Rossiya Fanlar akademiyasining Geosferalar dinamikasi instituti, IKI RAN va akademik V.V. Adushkin boshchiligidagi Iqtisodiyot oliy maktabining rossiyalik olimlari, Qirgʻiziston va Germaniya hamkasblari ishtirokida olib borildi.

Vaqt oʻtishi bilan olimlar atmosferaning oʻrtacha harorati (stratosfera va mezosferani oʻz ichiga olgan Yer atmosferasi qatlami) qanday harakat qilishini kuzatdilar. Keyinchalik ichki tortishish toʻlqin parametrlarni aniqlashdi.  

Aniqlanishicha, ularning vertikal toʻlqin uzunligi - 14,2 va 18,9 kilometrni tashkil qiladi. Shuningdek, vertikal uzunligi 10 kilometrdan ortiq boʻlgan ITT isitish bilan bogʻliq atmosferadagi konvektiv jarayonlar paytida roʻy berishi maʼlum boʻldi.

“Bu shuni anglatadiki, yerning litosferasida sodir boʻladigan jarayonlar, past atmosferada konvektiv beqarorlikka olib keladi. Ular seysmik faol mintaqalarda ITT sababchi boʻladi. Mezosferaga etib boradigan ichki tortishish toʻlqinlari buzilishi mumkin. Bu sodir boʻlganda, ITT energiyasi issiqlik harakatga oʻtib haroratga taʼsir qiladi”, - deydi professor Sergey Popelya.

Zilziladan bir necha kun oldin yor qobigʻidagi doimiy global tebranishlar - seysmik tortishish toʻlqinlari faollashadi, shuningdek, yer qobigʻidan chiqadigan issiq litosfera gazlari oqimi kuchayadi.

Bularning barchasi atmosfera harorati va holatiga taʼsir qilishi kerak, bu ichki tortishish toʻlqinlarining parametrlari oʻzgarishini aks ettiradi.

Tadqiqotchilar ushbu oʻzgarishlar nimada aks etishini aniqlashga qaror qilishdi. Atmosferadagi ITT toʻlqin uzunligi 4-5 kun ichida oʻsishni boshlaydi, zilziladan ikki kun oldin maksimal qiymatiga etadi va hodisadan bir kun oldin keskin pasayadi.

Seysmik faol mintaqalardagi manba bilan bogʻliq toʻlqinlarning parametrlarini aniqlash uchun olimlar birinchi marta NASA Giovanny resursida mavjud boʻlgan oʻrta atmosfera haroratini sunʼiy yoʻldosh asosida oʻlchash usulini qoʻlladilar.

Bu usul kuzatishni sezilarli darajada osonlashtiradi va seysmik silkinishlarni qisqa muddatli bashorat qilish uchun xizmat qilishi mumkin.

Asosiy mavzular