Malibuning yangi komplektatsiyasi savdoga chiqarildi

© UzAutoChevrolet Malibu
Chevrolet Malibu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zavtomotors Chevrolet Malibuning yangi qo‘shimcha LTZ  komplektatsiyasi uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladi.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. UzAuto Motors rasmiy dilerlari Chevrolet Malibu sedanining yangi LTZ  komplektatsiyasi uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi komplektatsiyada quyidagi qo‘shimcha qulayliklar kiritilgan:

  • 9 dinamikli premium ovoz tizimi,
  • uskunalar panelidagi rangli displey,
  • old va orqa o‘rindiqlarni shamollatish hamda isitish tizimi,
  • zaradlash uchun ikkita USB port,
  • tez ko‘tariladigan old oynalar,
  • svetodiodli LED yoritgichlar va boshqalar.

Avtomobillarni mijozlarga dekabr oyidan boshlab yetkazib berish boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Chevrolet Malibu - tejamkor, texnologik va xavfsiz biznes-klass sedani hisoblanadi. Avtomobil 2 xil turbo dvigatellar bilan jihozlanadi: 1,5 litr 166 ot kuchi va 2,0 litrli 253 ot kuchiga ega motorlar. Ikkala dvigatel ham 6 bosqichli avtomat uzatma qutisi bilan jihozlangan.

© UzAutoChevrolet Malibu
Malibuning yangi komplektatsiyasi savdoga chiqarildi - Sputnik O‘zbekiston
Chevrolet Malibu
Yangiliklar lentasi
0