Uzoqdan turib qarzlarni undirish tizimining cheklovlari bor

© Foto : Iz lichnogo arxiva Filippa DemenkovaFilipp Demenkov
Filipp Demenkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarzni faqatgina kartadan emas, balki hisob raqamdan va hatto pensiya hisobidan yechib  olish orqali ham undirish mumkin bo‘ladi. Ishchi maoshini naqd olgan taqdiridachi? Bunda qarz undirilishi qanday kechadi?

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti qaror loyihasi bilan to‘lovlarni amalga oshirmagan shaxslarning qarzlarini undirishni soddalashtirishda yangicha usul taklif qilinmoqda. Bunda qarz undirilishi qarzdor kartasi yoki hisob raqamidan to‘lovni yechib olish orqali amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Rossiyalik huquqshunos Filipp Demenkov so‘zlariga qaraganda, bunday tajriba RFda ham o‘zini nihoyatda ijobiy namoyon etibgina qolmay, bunday yondashuv to‘lovlardan bosh tortish holatlarini deyarli batamom oldini olishga ham yordam bermoqda.

Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya zapolnyayet dokumenti - Sputnik O‘zbekiston
MIB, aliment va maosh: Bosh prokuratura yangi hujjat tayyorladi

“Rossiyada bunday tajriba mavjud. Nazoratchilarning (to‘lov undiruvchi-tahr.) qarzdor oldiga borish ehtiyoji ham qolmaydi. Qarzni faqatgina kartadan emas, balki hisob raqamdan va hatto pensiya hisobidan yechib  olish orqali ham undirish mumkin bo‘ladi. Qarz undirib olishning yana bir shakli bor – mutasaddi tashkilotlarning ish beruvchiga bevosita so‘rov yuborishi. Ishchi maoshini naqd olgan taqdirida ham, qarzni undirish mumkin bo‘ladi. Uning qarzi, deylik to‘lanmagan aliment pullari, oylik haqqidan hisoblab chiqarilib, so‘ngra maosh qoldig‘i beriladi. Rossiyaning bu kabi ijobiy tajribasini O‘zbekiston qo‘llashni lozim deb topgani, fikrimcha, mantiqan to‘g‘ri”, - deydi Demenkov Sputnik bilan suhbatda.

Ayni vaqtda, distansion tizimda qarzlarni undirib olishning muayan cheklovlari ham yo‘q emas, xususan, har qanday hisob raqamlardan ham mablag‘larni yechib olish mumkin bo‘lmaydi. Qolaversa, yechimlarning limiti ham bor, ya’ni hisobdagi mavjud pulning yarmidan ko‘p bo‘lmagan qisminigina undirish mumkin bo‘ladi.

F.Demenkov tizimning alohida to‘sqinliklari mavjudligi va ularga tayyor turish kerakligi haqida ogohlantiradi.

“Shunday holatlar bo‘ladiki, masalan, shaxs bir necha yil ilgari mashinasini sotib bo‘lgan, ammo ayni zamonda, transport solig‘i hali-hanuz uning hisobida to‘planib turgan bo‘ladi. Nazoratchilar kelib, masalani tubiga yetmay, uning qarzini undirishga harakat qiladi. Bunday hollarda sudga murojaat qilish zarur bo‘ladi, albatta. Holatlarning vujudga kelmasligi, “tasodifiy va kutilmagan” qarzlarga tushib qolmaslik uchun esa, pochta va boshqa yo‘nalishlar bilan kelayotgan bildirishnoma-xabarlarni diqqat bilan kuzatib borish tavsiya qilinadi”, - deb xulosa qiladi ekspert.

Yurist rasskazal o nyuansax pri distansionnom spisivanii dolgov

 

 

Yangiliklar lentasi
0