20:55 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
512 0 0

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 5,0 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi qayerga “yoʻqolib qolayotganini” tushuntirdi.

TOSHKENT, 24 okt – Sputnik. Oʻzbekiston Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning axbrot xizmati 5,0 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi qayerga “yoʻqolib qolayotganini”tushuntirdi.

Yaqinda internet sahifalarida Oʻzbekiston isteʼmolchilariga joriy yilda 69 milliard kVt.soat elektr energiyasi zarur boʻlishi, ishlab chiqarish esa 64 mlrd kVt.soatni tashkil etishi (rasmiy maʼlumot), goʻyoki yetmayotgan 5,0 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi Afgʻonistonga eksport qilinayotgani haqida maʼlumotlar (ayrim internet foydalanuvchilarining fikr-mulohazalari) tarqaldi.

Koʻpchilikka maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining yuqori kuchlanishli havo liniyalari chegaradosh mamlakatlarning magistral elektr tarmoqlari bilan barqarorlikda ishlaydi. Qoʻshni mamlakatlar dispetcherlik xizmatlari oʻzaro muvofiqlashuv asosida mintaqaning energiya xavfsizligini taʼminlaydi. Buning sababi oddiy, magistral elektr tarmoq loyihalari MDH davlatlari hali Sobiq Ittifoq tarkibida boʻlganida loyihalashtirilgan va bir-biriga chambarchas bogʻliq holda qurilgan. 

Demak, Oʻzbekiston elektr energiyani eksport qilishi qatorida import ham qabul qiladi. Masalan, joriy yilning 9 oyida davomida (yanvar-sentyabr) import qilingan elektr energiyasi hajmi jami 2,6 mlrd. kVt/soatni tashkil etgan. Shundan faqat 1,2 mlrd. kVt/soat elektr energiyasi Afgʻonistonga eksport qilingan.

Afgʻonistonga uzatilayotgan elektr taʼminoti toʻxtatilgani haqidagi xabarga izoh berildi

Bu va bu kabi masalalarning mohiyatini darrov tushunish qiyin... Buning uchun tizim faoliyati va xalqaro tajriba bilan yaqindan tanishish talab etiladi. Taʼkidlanishicha, ichki isteʼmol uchun moʻljallangan elektr energiyasi Afgʻonistonga eksport qilinmaydi.

Qolaversa, bu masala siyosiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.

“Alohida taʼkidlash joizki, elektr energiyasi eksportining iqtisodiy tomoni ikkilamchi boʻlib, asosiy maqsad — qoʻshni Afgʻoniston Islom Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy tomondan qoʻllab-quvvatlash, shu yoʻl bilan afgʻon diyorida barqaror vaziyatni taʼminlashga hissa qoʻshishdan iborat. Mazkur amaliyotning asosida hukumatlararo kelishuvlar mujassam”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlar, energiyadan notoʻgʻri va besamar foydalanish oqibatida yuzaga keladigan turli avariyalar, modernizatsiya dasturiga muvofiq yuqori va oʻrta kuchlanishli podstantsiyalarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, simyogʻochlarni almashtirishdagi vaqtinchalik uzilishlar, qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan paytdagi vaqtinchalik tarmoqdan uzib turish va shunga oʻxshash boshqa xavfsizlik talablariga muvofiq (masalan, yongʻin xavfsizligi) uzilishlar elektr energiya sohasidagi xalqaro eksport va import masalalari bilan bevosita bogʻliq emas.

Ertaga “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish loyihasi imzolanadi

Asosiy mavzular