09:30 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
72030

Bloger ingliz zabonli turistlarga Qozogʻiston haqida soʻzlab bermoqchi edi, biroq ayrim muammolarga duch kelgani tufayli, endi sayyohlarga Oʻzbekiston yoki Qirgʻizistonga borishni maslahat bermoqda

TOSHKENT, 26 okt — Sputnik. Mashhur trevel-bloger Aram Vardanyan sayyohlarga Qozogʻiston oʻrniga Oʻzbekiston yoki Qirgʻizistonga borishni maslahat berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston nashri.

Vardanyan amerikalik doʻsti Megan Starr bilan sayohat qilib, mamlakatlar haqida taassurotlari bilan oʻz blogida oʻrtoqlashmoqda. Oktyabr oyida yosh juftlik Olma-Otaga kelgan. Qozogʻiston ular uchun vizasiz mamlakat sanaladi. Ammo haqiqatda erkak yirik muammolarga duch keladi.

Yigitning soʻzlariga koʻra, sayohat oldidan u Qozogʻiston TIV saytini sinchkovlik bilan oʻrgangan. Aram taʼkidiga koʻra, garchi u oʻziga kerakli maʼlumotni ingliz tilida topa olmagan boʻlsa-da, ammo rus tilini bilishi unga asqotgan.

Aeroportga kelgach, undan bir necha kun davomida roʻyxatdan oʻtishni soʻrashgan. Biroq bojxona vakillari buni qanday amalga oshirish mumkinligini tushuntira olishmagan. Sayohatchi kerakli joyga qiyinchilik bilan yetib olib, bir necha soat vaqtini navbatda turish bilan oʻtkazgan, qogʻozlarni toʻldirishda esa unga hatto ruchka berishmagan. Kamiga u pasportini topshirishga va ikki kun davomida hujjatsiz yurishga majbur boʻlgan.

"Menga Qozogʻiston juda yoqdi. Bu yerning odamlari ajoyib, oshxonasi mazali, tabiati goʻzal. Va men bu haqda ingliz zabonli turistlarga soʻzlab berish uchun kelgan edim. Lekin ular mendan u yerga borsak arziydimi, deya soʻrashsa, men ularga qanday qilib yolgʻon gapirib, ha, arziydi, deb ayta olaman? Yaxshisi haqiqatni gapiraman: Oʻzbekiston yoki Qirgʻizistonga boring, u yerlar ham goʻzal, eng asosiysi bunaqa muammolar u yerlarda yoʻq, deb aytaman. Koʻplar Qozogʻistonga yoʻl olib, ularga viza kerak emasligi tufayli, hammasi oson kechadi, deb oʻylashadi. Endi tasavvur qiling, kishi togʻga koʻpkunlik turga pul toʻlagan, bu yerga kelgach esa, unga registratsiya kerakligi haqida xabar topgan. Tur uchun pullarni unga tabiiyki qaytarib berishmaydi. Agar u uch kunlik tur uchun pul toʻlagan boʻlsa, shundan ikki kunini aholiga xizmat koʻrsatish markazlariga qatnash bilan oʻtkazadi", - deya iqtibos keltiradi bloger soʻzlaridan nashr.

Aramning qiz oʻrtogʻi Megan Starr esa bu kabi qiyinchiliklarga duch kelmaslik uchun oldindan vizani rasmiylashtirishni maslahat bergan.

Asosiy mavzular