Birorta ham bitiruvchisi o‘qishga kira olmagan maktablar attestatsiyadan o‘tkaziladi– XTV

© Mejdunarodniy press-klubSherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya
Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birorta ham o‘quvchisi OTMga kira olmagan maktab rahbariyati - yangi tartibda attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi - xalq ta’limi vaziri.

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov birorta ham o‘quvchisi oliy ta’lim muassasasiga kira olmagan maktablarni tanqid qildi.

Vazir sahifasida joylashtirilgan xabarda kelgusi yilda ana shunday maktablar rahbariyati faoliyatiga tanqidiy baho beriladi va yangi tartibda attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tadi, - deyilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanidagi 61 ta maktabdan 8 tasida bitiruvchilarining birontasi ham OTMga kira olmagan. Shu bilan birga, birgina  15-maktabdan 25 nafar o‘quvchi grant asosida OTM talabasi bo‘lgan.

Shuningdek, O‘zbekistonning boshqa hududlaridan bitiruvchilarining barchasi (100%) OTMga kirgan maktablar ham talaygina, lekin bironta bitiruvchisi OTMga kirmaganlari undan ancha ko‘p. Kelgusi yilda umuman bitiruvchilari OTMlarga kirmagan maktablar qolmasligi chorasini ko‘rish bo‘yicha tuman bo‘limlari va viloyat boshqarmalariga ham vazifa sifatida belgilab berildi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0