Qaynoq favvora: Toshkentdagi Nukus ko‘chasida issiq suv quvuri yorilib ketdi

Obuna bo‘lish
Quvur isitish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida yakuniy bosim berish bosqichida yuqori bosim ta’sirida quvur yorilgan.

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Toshkentdagi Nukus ko‘chasida issiq suv quvuri yorilib ketdi. Quvur isitish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida yakuniy bosim berish bosqichida yuqori bosim ta’sirida quvur yorilgan.

Toshkent shahar hokimligi ushbu hodisa yuzasidan munosabat bildirdi. Ta’kidlanshicha, befarq bo‘lmagan fuqarolar bergan tezkor axborot sababli o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rilgan va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Hokimlik ushbu hududda amalga oshirilgan ishlar natijasi haqida qo‘shimcha ma’lumot berishini ma’lum qilgan.

Hozirda Nukus ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Avliyo ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi issiqlik ta’minoti quvurini ta’mirlash ishlari sababli vaqtincha yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, 25-oktabrdan boshlab poytaxtda isitish mavsumi boshlangan edi. Isitish mavsumiga o‘tish ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda – ijtimoiy soha obyektlarida (maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash muassasalarida). Ikkinchi bosqichda – ko‘p qavatli uy-joylar va ma’muriy binolarda.

Yangiliklar lentasi
0