TOShKENT, 29 okt - Sputnik. OTMlarda kontrakt to‘lov muddati uzaytirildi deb xabar qilmoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining maxsus komissiyasi.
Ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTMlar rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2019/2020 o‘quv yilida OTMlar bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2019-yilning 20-noyabr etib belgilandi, - deyilgan xabarda.
To‘lov muddatini uzaytirish haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining joriy yil 21-oktabrdagi bayonotida qabul qilingan.
Ushbu qarorda belgilangan muddat, shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar hamda o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalarga ham taaluqlidir.