17:11 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
807 0 0

"Tayfun" - (KamAZ-53949) avtomobillari, oʻqotar qurol va portlovchi moddalardan yuqori darajada himoyalangan zirhli avtomobil-platforma hisoblanadi.

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Rossiyadan “Tayfun” zirhli avtomobillar yirik partiyasini sotib oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Avtomobillarni Oʻzbekistonga yetkazib berish 2019 yilning oxiriga qadar boshlanadi”, - deyilgan xabarda.

"Tayfun" - (KamAZ-53949) avtomobillari, oʻqotar qurol va portlovchi moddalardan yuqori darajada himoyalangan zirhli avtomobil-platforma hisoblanadi. Avtomobil turli qoʻshin va boʻlinmalar uchun turlicha jihozlanishi mumkin. U 2 tonnagacha yuk koʻtarish va 10tagacha odam tashish imkoniga ega. Avtomobil uzunligi 6,4 m, kengligi 2,5 m, klirensi 0,43 m va ogʻirligi 13,7 tonnani tashkil qiladi.

"Tayfun" Rossiyaning 120dan ortiq mudofaa sanoati korxonalari hamkorligida ishlab chiqilgan. Ular orasida Ural avtomobil zavodi, KamAZ, Yaroslavsk motor zavodm, Poʻlat ITI va boshqalar bor. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2019 yilda Rossiyadan BTR-82A hamda “Tigr” zirhli avtomobillarini, “Sopka 2” radiolokatsion stantsiyalarini ham sotib olgan edi. Undan tashqari Oʻzbekiston va Rossiya orasida 12 ta Mi-35M - jangovar – transport vertolyotlarini  sotib olish haqida shartnoma ham imzolangan.

Ushbu xaridlarning aksariyati Rossiya va Oʻzbekiston hamkorligi doirasida Rossiya tomonidan ajratilgan kreditlar hisobidan xarid qilinadi. Ikki davlat orasida imzolangan shartnoma 2025 yilga qadar Oʻzbekiston qurolli kuchlarini toʻliq yangilashni nazarda tutgan.

Asosiy mavzular