05:01 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
204 0 0

“Somon Eyr”  aviakompaniyasi Qozogʻistondan xarid qilgan vertolyotidan turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanmoqchi.

TOSHKENT, 30 okt – Sputnik. Nur-Sultonda 28 oktyabr kuni Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan birinchi vertolyotni xaridorga topshirish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Forbes.kz

Xaridor tomon – Tojikistonning “Somon Eyr”  aviakompaniyasi boʻlib, ular ushbu transport vositasidan biznes va turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanishni rejalashtirgan.

Vertolyot Qozogʻiston – Frantsiya – Germaniya qoʻshma korxonasi TOO “Yevrokopter Kazaxstan injiniring” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. N125 vertolyoti yuqori manyovrli, kam vibratsiyali va 5 oʻrindiqli qulay salonga ega. Vertolyot atrofni kuzatish uchun keng oynalar bilan jihozlangan.

Maʼlumot uchun, “Yevrokopter Kazaxstan injiniring” – MDH va Markaziy Osiyo hududida Airbus Helicoptersning YES145, N125, N130 vertolyotlarini ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va ximat koʻrsatuvchi yagona korxonadir.

 

Asosiy mavzular