Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi tashkil qilindi

Obuna bo‘lish
Xalq bilan muloqotni rivojlantirish hamda davlat organlari ochiqligini ta’minlash maqsadida - O‘zbekistonda Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi tashkil qilindi.

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi tashkil qilindi. Bu haqida O‘zbekiston prezidentining 30-oktabr kuni imzolangan qarorida aytib o‘tilgan.

Qarorda aytilishiga ko‘ra ushbu Fuqarolik jamiyatini (FJ) rivojlantirish Markazi - kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish hamda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish maqsadida tashkil qilingan.

Asosiy vazifalari

  • xalq bilan muloqot holati va rivojlanishini o‘rganish; 
  • davlat organlari faoliyati ochiqligini tizimli tahlil qilish;
  • FJ rivojlantirish sohasida amaliy tadqiqotlar tashkil etish;
  • FJ rivojlantirishning milliy modelini takomillashtirish;
  • FJ rivojlanishining normativ-huquqiy tartibga solinishini o‘rganish;
  • ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni o‘rganish;
  • davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • raqobatdosh ko‘ppartiyali tizimning rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish,
  • FJ institutlarini rivojlantirish, fuqarolar faolligini oshirish;
  • ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda NNT muammolarini tizimli o‘rganish va boshqalar;

Markazga berilgan huquq va imtiyozlar

Markaz nodavlat notijorat tashkiloti shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;

Prezident vstretilsya s aktivistami maxalli - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Chilonzor tumanidagi mahalla faollari bilan muloqot qildi

Markaz direktori - O‘zbekiston prezident huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi rahbari o‘rinbosari hisoblanadi;

Markazi va uning hududiy bo‘linmalarining xodimlari umumiy soni 115 nafar bilan cheklanadi; 

Markaz xodimlarining maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlari ikki baravar oshirilgan miqdorda qo‘llaniladi;

Markaz xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish huquqiga ega bo‘lgan davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritiladi;

Markazni moliyalashtirish manbaalari 

  • Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi; 
  • Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari;
  • Xalqaro moliya va boshqa institutlar, chet el tashkilotlari grantlari;
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

Qaror matni bilan batafsil O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy bazasida tanishing.  

Yangiliklar lentasi
0