02:01 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
322 0 0

Samaqandda yetim bolani xoʻrlab, videosini ijtimoiy tarmoqlarga chiqargan bezorilar 11-12 sutkaga qamaldi.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. Kecha 31 oktyabr kuni Samarqand shahar maʼmuriy sudining ochiq sud majlisida bezorilik  ishi koʻrib chiqildi, Zarnews xabariga asosan.

Sud majlisida fuqaro H.I. ga nisabatan Maʼmuriy javobgarlik kodeksning 183, 195 va 194-moddalariga asosan (Mayda bezorilik, Ichki ishlar organlari xodimiga xizmat vazifasini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish) aybdor deb topilib, 12 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ikkinchi fuqaro I.Z.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik kodeksning yuqoridagi bandlariga asosan 11 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi Hazora mahallasida bir necha yoshlar yoshi ulardan kichikroq bolaning ustidan mazax qilib kaltaklanayotgani aks etgan video paydo boʻlgan edi. Video internetda keng tarqalib jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻlgan, fuqarolar ushbu bezorilarga nisbatan chora koʻrishni talab qilishgan edi.

Asosiy mavzular